Mir Ali Hiraviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mir ali hiraviydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Mir ali hiraviy (?, Hirot -1557) — xattot va shoir. Xattotlik sanʼatini Zayniddin Mahmud va Sultonali Mashhadiydan oʻrgangan. Hirotda Sulton Husayn Mirzo va Buxoroda Abdulazizxon (1529 yildan) kutubxonalarida xizmat qilgan. M.A.H. nafis xati hamda tez yoza olishi bilan zamondosh xattotlardan ajralib turgan, uz nomiga "Sultoni" yoki "Kotibi Sultoni" unvonini qoʻshib yozish huquqiga ega boʻlgan. Movarounnahrda nastaʼliq xatining tarqalishida katta xizmat qilgan, koʻplab shogirdlar tayyorlagan. "Medod ul-xutut" (1520) nomli risola yozib, unda xattotlik qoidalarini bayon etgan. U koʻchirgan 30 dan ortiq qoʻlyozmalar va 400 dan ortiq qitʼalar bizgacha yetib kelgan: Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviyning "Xusrav va Shirin" dostonlari (1494, OʻzFASHIda), Abdurahmon Jomiyning "Tuhfat ul-ahror" (1531, OʻzFASHIda), Husayn Voiz Koshifiyning "Axloqi muhsiniy" va "Tuhfat assalovot" (1501, OʻzFASHIda), Ansoriyning "Ilohiynoma" (1531, OʻzFASHIda) asarlari va boshqa; qitalarning 60 dan ortigʻi SanktPeterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida va bir qismi OʻzFASHI fondida saqlanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Murodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971.

Abdumajid Madraimov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil