Mir Sayd Bahrom maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mir sayd bahrom maqbarasiKarmanadagi meʼmoriy yodgorlik (1011-asrlar). Bir xonali, murabba tarxli (4,5×4,5 m), gumbaz tomli. Somoniylar davri meʼmorligiga xos uslubda pishiq gʻisht (21×21×3 sm)dan bezakli qilib qurilgan. Peshtoqi 3 qismdan iborat, hoshiyali. Sharafasi va ikki yon tomoni mayda gʻishtlardan terilgan. Ravoq hoshiyasida kufiy yozuvida Qurʼondan oyatlar bitilgan. Tobadoniga yoy shaklidagi oʻyma panjara, ustungoʻshasiga gʻishtlar juft-juft qilib "qoʻsh" uslubida ishlangan. Yon va orqa devorlari bezaksiz. Ichki gumbaz osti bagʻali 8 qirrali ravoq (5 gʻishtin ustun)ga tayangan. Peshtoqi pishiq gʻisht (26,5×26,5×5 sm)dan qayta terilgan. Makbara bir necha bor taʼmir etilib (1960—70 yillar), dastlabki koʻrinishini yoʻqotgan. Maqbara meʼmoriy qismlarining oʻzaro aniq nisbati, naqshlarining ixchamligi bilan ajralib turadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil