Mir Muhsin Navvob uy-muzeyi
Mir Muhsin Navvob uyi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Madaniy |
Manzili | Navvob ko‘chasi, 4-uy |
Shahar | Shusha |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Qurilishi boshlangan | XIX asr o‘rtalari |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Mir Muhsin Navvob uyi – Shusha shahrining tarixiy Mamayi mahallasidagi Navvob ko‘chasida (sobiq Komsomolskaya) joylashgan ikki qavatli uy.
Haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu uyda ozarbayjonlik shoir va rassom Mir Muhsin Navvob yashab ijod qilgan. Sovet davrida uyda rassomning uy-muzeyi tashkil etilga. Uyning xonalari devor rasmlari bilan boy bezatilgan.[1]
Mir Muhsin Navvob uy-muzeyi Shushada faoliyat yurituvchi 8 ta muzeydan biri bo‘lib, Ozarbayjonning moddiy-ma’naviy merosi saqlanib qolgan asosiy madaniy markazlardan biri hisoblangan. Lekin 1992-yilda Shusha shahrining Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bosib olinishi natijasida mazkur muzey faoliyati toʻxtatilgan, muzey binosi qisman vayron qilingan, u yerda saqlanayotgan qimmatbaho eksponatlar esa talon-taroj qilingan.[2]
Bosib olingan hududlarda jami 700 dan ortiq madaniy yodgorliklar, shuningdek, 22 ta muzey va 4 ta sanʼat galereyasi talon-taroj qilindi. Talon-taroj qilingan muzeylar orasida Shushadagi Qorabogʻ davlat tarixi muzeyi, Uzeyir Hojibeylining uy-muzeyi, Bulbul memorial muzeyi, Ozarbayjon gilami va Xalq amaliy sanʼati muzeyining Shusha filiali ham bor edi Ushbu madaniyat markazlari Ozarbayjon xalqining tarixi, musiqasi va sanʼatini aks ettiruvchi qimmatli meros namunalari saqlangan maskanlar edi.[3]
Zo‘hrabboyevlar xonadonida joylashgan Shusha davlat san’at galereyasida asr XIX Ozarbayjon miniatyura san’atining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Mir Muhsin Navvobning o‘z kitoblari uchun chizgan illyustratsiyalari namoyish etilardi. Bu asarlar galereyaning oltin fondini tashkil qilgan. Shunday qilib, Navvobning badiiy merosi nafaqat uning uy-muzeyida, balki Shushaning boshqa madaniyat markazlarida ham alohida o‘rin tutgan. Shushaning bosib olinishi bilan bu sanʼat maskanlari faoliyati ham tugadi.[4][5]
Muzeyning tashkil etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hali Mir Muhsin Navvob nomidagi muzey tashkil etilishidan 9 yil avval “Shusha” gazetasining 1981-yil 15-avgustdagi sonida buyuk ijodkorning xotira muzeyi tayyorlangani haqida so‘z yuritilgan edi. Maqolada M. M. Navvob yashagan binoda shoir-rassomning o‘zi chizgan va turli mavzularda bezatilgan lavhalar restavrator-rassomlar tomonidan qayta ishlanib, avvalgi ko‘rinishiga keltirilgani ta’kidlanadi. Restavratsiyadan so‘ng bino shoirning uy-muzeyiga aylanadi. Noma’lum sabablarga ko‘ra muzey ko‘p yillar o‘tib, 1990-yil noyabr oyida Mir Muhsin Navvob yashagan xonadonda uy-muzey sifatida ish boshladi.[2]
Uy muzeyining birinchi direktori Xuromon Ag‘ayeva edi. Ushbu muzeyda Mir Muhsin Navvob hayoti va faoliyatiga oid 130 ta eksponat namoyish etilgan.[6]
Muzeyning eksponatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eksponatlar orasida rassomning bosma mashinasi, teleskopi va o‘zining chizgan rasmlari bor edi. Muzeyda M. M. Navvobning matbaachilik faoliyatini isbotlovchi eksponatlar ham namoyish etilardi.[2]
“Shusha” gazetasida Madaniy-ma’rifiy bilim yurti o‘qituvchisi A.Najafov o‘sha eksponatlardan misollar keltirar ekan, san’atshunoslik fanlari doktori N.Miklashevskayadan iqtibos sifatida shunday deydi: — M.M.Navvobning matbaachilik faoliyati haqida so‘z yuritar ekanmiz, u haqida san’atshunoslik fanlari doktori N.Miklashevskaya shunday yozadi: “Navvobning barcha bosma faoliyatini jiddiy o‘rganish va chuqur tahlil qilsa, bu sohada, ehtimol, Ozarbayjonning birinchi matbaachisi Mir Muhsin Navvob ekanligi haqidagi xulosaga kelgan bo‘lardik”.[1]
Ishg‘oldan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirda muzey faoliyat ko‘rsatmaydi. Muzeyning eksponatlariga kelsak, Armaniston qurolli kuchlari tomonidan Shusha shahrining bosib olinishi natijasida muzey binosi ham, ikki yuzga yaqin eksponat ham vayron qilingan. Bosqindan keyin ko‘plab eksponatlarni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan bo‘lsa-da, ba’zilari hozir San’at muzeyida saqlanmoqda. Shusha masjidida Navvobga bag‘ishlangan burchak bor edi. Uning ko‘p narsalari o‘sha yerda edi. Hozirda oʻsha buyumlar Sanʼat muzeyida ham saqlanmoqda. Uning suratlari, qo‘lyozmalari, buyumlari... Uning eng qimmatli ko‘rgazmasi Amir Temur portreti edi. Rassomlar bu asarni yuqori baholaganlar.[7]
Ozarbayjon Milliy tarix muzeyining doimiy ko‘rgazmasida Ozarbayjon shoiri, rassomi, xattoti va musiqashunosi Mir Muhsin Navvob (1833–1918) bilan bog‘liq materiallar o‘rin olgan. Shunday qilib, doimiy ko‘rgazmaning “XIX asrda Ozarbayjonda fan, ta’lim va madaniyat” zalida Mir Mohsen Navvobga oid materiallar alohida vitrinaga joylashtirilgan. Bu yerda matni va rasmlari muallifi M. M. Navvob bo‘lgan “Kitob Devoni Forisiy” asarining, “Kashful-haqiqati-masnaviy”ning asl nusxalari joylashtirilgan. Aytish joizki, musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan “Kashful-haqiqati-masnaviy” asari Mir Muhsin Navvobning mashhur asarlaridan biri hisoblanadi; Bu asar matnining ham, rasmlarining ham muallifi Navvobdir. Vitrinada M. M. Navvob suratlari nusxalari ham namoyish etilgan.[8]
Mir Muhsin Navvobning eksponatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ma’lumki, Navvob o‘rta asr Ozarbayjon qurollari kolleksiyasini yig‘ib yurgan. Uning kolleksiyasidan bir qancha qurollar hozirda Ozarbayjon tarixi milliy muzeyida saqlanmoqda. Doimiy ko‘rgazmada kolleksiya marvaridlaridan bo‘lgan XVI-XVII asrlarga oid modalar namoyish etiladi. Vitrinada Mir Muhsin Navvobning 1970-yillardagi surati va Shushadagi qabri surati o‘rin olgan. 1957-yilda Navvob qabriga haykal oʻrnatilgan (haykaltarosh Toʻqay Mamadov). Yodgorlik 1992-yilda shahar Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bosib olinganidan keyin vayron qilingan.[9]
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Миклашевская, Н. М.. Стенные росписи Азербайджана XVIII — XIX вв, Архитектура Азербайджана (очерки), Баку, 1952 — 467-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Azərbaycan muzeyləri“. 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-avgust.
- ↑ „Qarabağın Dövlət əhəmiyyətli tarixi abidələrinin elektron xəritəsi“. Virtual Qarabağ. Qaraldi: 2025-yil 12-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Flora Xəlizadə, Azərbaycan qəzeti, 2012-ci il, 18 may, səh.11.“. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-avgust.
- ↑ „Дом-музей Мир Мохсун Навваба“. 2022-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
- ↑ History „Мир Мохсун Навваб: Бриллиант стеклянного города Шуша“ (ru-RU) (2019-yil 6-may). Qaraldi: 2025-yil 12-may.
- ↑ „Mir Möhsün Nəvvabın nəticəsindən müsahibə“. 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-avgust.
- ↑ „Mir Möhsün Nəvvabın Xatirə Muzeyi“. 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-avgust.
- ↑ Əhmədov Səbuhi Əhməd oğlu. Mir Möhsün Nəvvabın silah kolleksiyası və Şuşada silah istehsalı: kitab-kataloq. Bakı: Təhsil, 2023 — 104-bet. ISBN 978-9952-542-88-2. Qaraldi: 2025-yil 12-may.