Mir Gʻiyos
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mir Gʻiyos – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Asli isfahonlik boʻlib, Nishopur shahrida voyaga yetgan. Majzub soliklardan. Hirotda Shayx Axiy Muhammad Jomiyga murid tushgan. Bobo Muhammad Tusiy bilan hamsuhbat boʻlgan. Piri vafotidan keyin Bodgʻis choʻlida yashab, langar qurgan. Bu langarxona Alisher Navoiy zamonida ham obod va maʼmur boʻlgan. “Nasoyim ul-muhabbat”ga ushbu shayx bilan bogʻliq fasl Navoiy tomonidan qoʻshilgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |