Kontent qismiga oʻtish

Mir Arab oliy madrasasi

Koordinatalari: 39°48′09″N 64°32′17″E / 39.80250°N 64.53806°E / 39.80250; 64.53806
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Mir Arab oliy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Tuman Kogon tumani
Manzil Bahouddin Naqshband majmuasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Shavkat Mirziyoyev
Asosiy sana:
Holati oliy islom bilim yurti
Sayt Rasmiy sayt

39°48′09″N 64°32′17″E / 39.80250°N 64.53806°E / 39.80250; 64.53806


Mir Arab oliy madrasasi — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ilk va yagona oliy madrasa[1]. Bahouddin Naqshband majmuasi hududida (Oʻzbekiston, Buxoro viloyati, Kogon tumani, Qasri Orifon qishlogʻida) joylashgan[2].

Madrasa Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilgan[1]. Madrasaning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari Oʻtkir Hasanboyev va Buxoro viloyatining hokimi Oʻktam Barnoyev qatnashganlar[3].

Mir Arab oliy madrasasi va Turkiya Respublikasining 4 ta nufuzli universitetlari (Ibn Haldun universiteti, Istanbul Sabahattin Zaim universiteti, Istanbul universiteti, Kastamoniy universiteti) oʻrtasida taʼlim sohasida hamkorlik qilish yoʻlga qoʻyilgan[4].

2021-yili Mir Arab oliy madrasasida ilk bitiruvchilarga bagʻishlangan bitiruv kechasi (xatnoma) boʻlib oʻtdi[5]. Madrasani bitirgan ilk qaldirg’ochlarning bir nechasi Oʻzbekistonning turli nufuzli universitetlarining magistratura bosqichiga qabul imtihonlarida ishtirok etib, faxrli o’rinlarda qabul qilinganlar[6].

  1. 1,0 1,1 „Mir Arab oliy madrasasi“. Mirarab.uz. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  2. „Buxoro davlat universiteti rektorining Mir Arab oliy madrasasiga tashrifi“. Buxdu.uz. 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  3. „Mir Arabda chet elliklar ham Islomni oʻrganadilar“. BBC.com. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  4. „Turkiyaning 4 ta universiteti va Mir Arab oliy madrasasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi“. Vaqf.uz. 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  5. „Mir Arab madrasasida ilk bitiruvchilarining xatnomasi boʻlib oʻtdi“. Mirarab.uz. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  6. „Oliy madrasasining ilk qaldirgʻochlariga yutuqlar muborak!“. Mirarab.uz. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.