Miqdor analizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Miqdoriy analizdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Miqdor analizi, miqdoriy analiz — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; tekshirila-yotgan namuna tarkibidagi komponentlar miqdori (massasi, konsentratsiyasi va shahrik.) yoki miqdoriy nisbatlarni anikdash usullari. Komponentlar sifatida atomlar, molekulalar, izotoplar, funksional guruhlar, fazalar va shahrik. boʻlishi mumkin. Analiz qilish uchun olingan moddaning mik,doriga koʻra, makrousullar (namuna massasi 0,1 g dan ortiq), yarimmikro-usullar (0,01—0,1 g), mikrousullar (0,001—0,01 g), submikrousullar (0,1– 1 mg) va ultramikrousullar (0,1 mg dan kam) farq qilinadi. Analiz qilinayotgan modda komponentlarini namuna tarkibidagi miqdoriga koʻra, shartli ravishda asosiy (massasiga nisbatan 1 — 100%), asosiy boʻlmagan (0,01 — 1%) va iz yoki qoʻshimchalarga (0,01% dan kam) boʻlinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil