Mintoʻ saodathasan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mintoʻ saodathasan (1912.11.5, Amritsar — 1955.12.2, Lohur) — pokistonlik adib. Dehli va Bombayda yashagan, 1948 yilda Pokistonga koʻchib oʻtgan. Urdu tilida yozgan. Urdu adabiyotiga hikoya janrining ustasi sifatida kirgan. Ocherk, esse, radiodramaning rivojlanishiga hissa qoʻshgan. Mavzusiga koʻra, hikoyalarini 2 turga boʻlish mumkin: Hindiston milliy ozodlik harakati va hind-musulmon doʻstligi haqidagi hikoyalar. M.S.H. no-chorlikdan tubanlikka yuz tutgan ayollar obrazini urdu adabiyotiga birinchi boʻlib olib kirgan ("Yuztalik lampochka", "Qora shalvor" va boshqalar). "Tomosha", "Yangi qonun" kabi hikoyalari milliy ozodlik harakatiga bagʻishlangan. Musulmon, hind, sikxlar orasidagi doʻstlik esa "Oʻn ikki rupiya", "Moʻzil" kabi hikoyalarida aks etgan. 40 ga yaqin toʻplami chop etilgan. Aksariyat hikoyalarining qahramoni — oddiy kishilar, mulozimlar, hunarmand, ishchilar. "Yoʻl chekkasida", "Choʻtkalar" singari hikoyalari urdu adabiyotida "Yangi hikoya" yoʻnalishining darakchisi boʻlgan. Adabiy tanqidchilik M.S.H. hikoyalarini zamonaviy hikoyaning tashkil topishida muhim davr sifatida baholaydi.

Ac.: Qiz sevgisi [Tanlangan hikoyalar], T., 1970.

Ansoriddin Ibrohimov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil