Minhojiddin Mirzajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Minhojiddin Mirzajonov
Tugʻilishi 30-iyul 1965 (1965-07-30) (54 yosh)

Minhojiddin Mirzajonovich Hojimatov[1] (1965-yil 30-iyulda Andijonda tugʻilgan[2]) oʻzbek muxbiri va shoiridir.[2] 2013-yil 25-fevralidan Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri etib tayinlangan.[3][4] Minhojiddin Mirzo taxallusi ostida ijod qiladi.

Tarjimai holi[tahrir]

Minhojiddin Hojimatov 1965-yil 30-iyulida Andijon shahrida tavallud topgan. 1990-yili Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika fakultetini bitirgan. 1999-yili Shuhrat medali bilan taqdirlangan. 2002-yili xizmat koʻrsatgan jurnalist unvonini olgan.[2]

2012-yil iyunidan 2013-yil fevraligacha Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari. 2013-yil 25-fevralidan Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri.[3]

Ijodi[tahrir]

„Nilufar“ (1994), „Visol xabari“ (2003) nomli sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. R. Hamzatov, A. S. Pushkin kabi shoirlarning sheʼrlaridan oʻzbek tiliga namunalar tarjima qilgan.[5]

  • Nilufar (sheʼriy toʻplam; 1994)
  • Visol xabari (sheʼriy toʻplam; 2003)

Manbalar[tahrir]