Megrellar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mingrellardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Megrellar, mingrellar — oʻtmishda Gʻarbiy Gruziyaning Megreliya tarixiy viloyatida, Kds. Kolxidaning markaziy va togʻ oldi tumanlari, Rioni daryosining oʻng qirgʻogʻidagi tumanlar, Xobi, Inguri va boshqa daryolarning havzalari, Abxaziya va Gruziyaning boshqa viloyatlarida toʻp guruh boʻlib yashagan gruzinlar. M. gruzin va megrel tillarida soʻzlashadi. (qarang Kartvelʼ tillari). Qadimda megreliyalik gruzin qabilalari kartlar, svanlar va boshqa kabilalar bilan birgalikda gruzin xalqining shakllanishiga asos boʻlgan. M.ning ayrim madaniy va maishiy turmush xususiyatlari yaqin vaqtlargacha saqlangan edi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil