Mingchuqur gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mingchuqur gʻori — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi gʻor. Boysun tizmasi tarkibidagi Hojibuzbarak togʻining shimoli-gʻarbiy yon bagʻrida, Machay daryosi vodiysida joylashgan. Yura davri gips qatlamlarida hosil boʻlgan. Gʻorga kirish qismining eni 27 m dan ziyod, balandligi 12 m. Bir qancha xonalar va yoʻlaklardan tashkil topgan gʻorning ichki tuzilishi murakkab. Ularning eni 6-8 m dan 10-18 m gacha, balandligi 1-2 m dan 10-12 m gacha. Sahnida shipi va devorlaridan qulab tushgan turli kattaliqdagi tosh parchalari uchraydi. Gʻorning umumiy uz. 230 m, maydoni 680 m2, hajmi 1350 m3 dan ziyod.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil