Kontent qismiga oʻtish

Mindanao ajinli kalaosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mindanao ajinli kalaosi

Erkak
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: Karkidon qushlar
Oila: Karkidon qushlar
Urugʻ: Rhabdotorrhinus
Xalqaro ilmiy nomi

Rhabdotorrhinus leucocephalus

(Vieillot, 1816)[1]
Sinonimlari

Aceros leucocephalus

(Vieillot, 1816)[2]

Mindanao ajinli kalaosi[3] (lotincha: Rhabdotorrhinus leucocephalus) — karkidon qushlar oilasiga mansub qushlar turi. Ular 2013-yilgacha Aceros[1] urugʻi tarkibiga kiritilgan.

Filippindagi endemik, Mindanao orolida va unga yaqin joylashgan Dinagat[en], Bukas-Grande[en] va Siargao orollarida uchratishgan. Ma'lum turi kam boʻlib, koʻpincha pasttekislik oʻrmonlarida, dengiz sathidan 300-1000 m gacha boʻlgan balandlikda uchratilgan[2].

Ushbu turning koʻpayishi haqidagi maʻlumotlar faqat tutqunlikda boʻlgan qushlar boʻyicha ma'lum. Urgʻochisi mart oyida tuxum qoʻyadi va inini devor bilan suvab, tashqariga chiqmaydi. Oilaning boshqa turlari singari, erkaklari ularni inida qolgan kichik teshik orqali oziqlantiradi. 92 kundan soʻng u joʻjasi bilan inidan chiqadi[2].

TMQXI tomonidan "Xavf ostidagi turlar" (NT)maqomi berilgan. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmonlarni kesish Mindanao ajinli kalaosi uchun xavfli hisoblanadi. Chunki ular asosan oʻrmonlarda yashashadi. Ularning soni ov va qopqonlar tufayli kundan-kunga kamayib bormoqda[2].

  1. 1,0 1,1 Gill F., Donsker D. & Rasmussen P. (Eds.): Mousebirds, cuckoo roller, trogons, hoopoes, hornbills (англ.). IOC World Bird List (v11.2) (15 июля 2021). doi:10.14344/IOC.ML.11.2. Дата обращения: 16 августа 2021.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Rhabdotorrhinus leucocephalus (англ.). The IUCN Red List of Threatened Species. (Дата обращения: 12 декабря 2020).
  3. Минданаоский морщинистый калао · Rhabdotorrhinus leucocephalus · (Vieillot, 1816) сайт Xeno-canto.