Minamiminova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Minamiminova

南箕輪村
Qishloq
Skyline of Minamiminova
Minamiminova
Bayroq
Minamiminova
Gerb
35°52′22.3″N 137°58′30.4″E / 35.872861°N 137.975111°E / 35.872861; 137.975111 G OKoordinatalari: 35°52′22.3″N 137°58′30.4″E / 35.872861°N 137.975111°E / 35.872861; 137.975111 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 40.99 km2 (15.83 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (April 2019)
15 463
Zichligi 380 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0265-72-2104
Minamiminova xaritada
Minamiminova
Minamiminova
Minamiminovadagi Shinshu universiteti qishloq xoʻjaligi boʻlimiga kirish

Minamiminova (yaponcha: 南箕輪村 Minamiminova-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 6115 ta xonadonda 15463 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi har kvadrat kilometrga 371 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 40,99 kvadrat kilometr (15,83 mi²) ga teng.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minamiminowa janubiy-markaziy Nagano prefekturasining Ina vodiysida joylashgan boʻlib, gʻarbda Kiso togʻlari bilan chegaralangan. Qishloq boʻylab Tenryu daryosi oqib oʻtadi. Qishloq Ina Siti tomonidan bir-biridan ajratilgan ikkita alohida geografik hududlarga ega.

Atrofdagi munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Minamiminovada oʻrtacha yillik harorat 11,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1370 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,4 °C, eng past harorati esa yanvarda, −0,8 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Minamiminova aholisi sonining soʻnggi 60 yil ichida kuchli oʻsishni kuzatilgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19404,466—    
19506,36+42.4%
19606,043−5.0%
19706,66+10.2%
19808,877+33.3%
199010,666+20.2%
200013,404+25.7%
201014,543+8.5%
202015,797+8.6%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Minaminova hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Minamiminova qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish orqali tashkil etilgan.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minaminova iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, asosiy ekinlari sirasiga guruch, olma, koʻk va vasabi kabilar kiradi.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minamiminovada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi hamda Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta yuqori maktabga ega. Qishloq shuningdek, Shinshu universitetining qishloq xoʻjaligi boʻlimiga mezbonlik qiladi.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • E20 Chūō tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 153
  • Milliy yoʻnalish 361

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiba koʻli
Kitatono stansiyasi
Kurata qasri
JR Iida liniyasi
Minamiminova qishlogʻi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]