Mina Karadžić
Mina Karadžić | |
---|---|
![]() Mina Karadžićning avtoportreti | |
Tavalludi |
1828-yil 12-iyul |
Vafoti |
1894-yil 12-iyun Vena, Avstriya |
Fuqaroligi | Avstriya imperiyasi va Avstriya-Vengriya imperiyasi |
Kasbi | rassom, yozuvchi |
Turmush oʻrtogʻi | Aleksa Vukomanović |
Bolalari | Janko Vukomanović (oʻgʻli) |
Otasi | Vuk Stefanović Karadžić |
Onasi | Ana Maria Kraus |
Wilhelmina „Mina“ Karadžić-Vukomanović (Serbiya kirillchasi: Вилхелмина "Мина" Караџић-Вукомановић; 1828-yil 12-iyulda tugʻilgan – 1894-yil 12-iyunda vafot etgan) – Avstriyada tugʻilgan serb millatiga mansub rassom va yozuvchi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karadžić 1828-yil 12-iyulda Avstriyaning Vena shahrida Vuk Stefanović Karadžić va venalik Ana Maria Kraus olasida dunyoga kelgan. Oilada yettinchi farzand boʻlgan. Yoshligidanoq puxta taʼlim olgan, dastlab nemis tilida oʻqish va yozishni oʻrgangan, keyinchalik fransuz, italyan, serb va ingliz tillarini ham oʻzlashtirgan[2]. U avstriyalik rassom Fridrich Schilcherdan qoʻl ostida tasviriy sanʼat boʻyicha tahsil olgan, shuningdek, Vena, Venetsiya, Drezden va Berlin shaharlaridagi turli galereyalarda oʻz bilim va mahoratini oshirgan[3].
Rassomchilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mina Karadžićning rassomlik ijodi ikki davrga boʻlinadi, birinchi davri klassitsizm taʼsirida, ikkinchi davri esa romantizm taʼsirida shakllangan[4].
Yozuvchilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]1850-yillarning boshlarida Karadžić serb xalq qoʻshiqlari toʻplamini nemis tiliga tarjima qilish ustida ishlagan. Ushbu toʻplam 1852-yilda Ludwig August fon Frankl tomonidan „Gusle, Serbische Nationallieder“ nomi bilan yakuniga yetkazilgan va nashr etilgan. 1854-yilda esa Karajić otasi Vuk tomonidan toʻplangan serb xalq ertaklari va maqollarining nemis tilidagi tarjimasi boʻlgan „Volksmärchen der Serben“ (tarjimasi „Serb xalq ertaklari“)nichop ettirgan. Kitobga mashhur tilshunos Jacob Grimm kirish soʻzini yozgan[5].
1858-yilda Karadžić Belgraddagi Avliyo Michael soborida Aleksa Vukomanović bilan turmush qurgan. 1859-yilda ularning Janko Vukomanović ismli oʻgʻli dunyoga kelgan. Afsuski, bola uch oylik boʻlganida Karadžićning eri kasallik sababli vafot etgan[6].
Karadžić 1894-yil 12-iyunda 65 yoshida Vena shahrida vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Mina Karadžić haqida turkum mavjud |
- ↑ Srđ, Dubrovnik, 1902.
- ↑ „Vilhelmina Mina Karadžić Vukomanović | Knjiženstvo“. knjizenstvo.etf.bg.ac.rs. Qaraldi: 2024-yil 31-may.
- ↑ „Arte - Mina Vukomanović - Karadžić - Biografija“. www.arte.rs. Qaraldi: 2024-yil 31-may.
- ↑ „Arte - Mina Vukomanović - Karadžić - Biografija“. www.arte.rs. Qaraldi: 2024-yil 31-may.
- ↑ „Мина Караџић Вукомановић (1828-1894) -селективна библиографија- | Kњijenstvo“. www.knjizenstvo.rs. Qaraldi: 2024-yil 2-iyun.
- ↑ „Mina Karadžic, Istorijska čitanka (History Textbook by Ćuprija Public Library)“. Istorijska čitanka.