Milosh Krasić
Milosh Krasić (talaffuzi: Milosh Krasich) — serbiyalik futbolchi, yarim himoyachi. 2010-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1984-yil 1-noyabr | ||
| Tavallud joyi | Yugoslaviya | ||
| Boʻyi | 1.85 m | ||
| Ampluasi | hujumchi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Rudar Kosovska Mitrovica | |||
| 1998—2001 | Vojvodina | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2001—2004 | Vojvodina | 77 | (7) |
| 2004—2010 | CSKA Moscow | 150 | (26) |
| 2010—2012 | Juventus | 40 | (8) |
| 2012—2015 | Fenerbahçe | 13 | (0) |
| 2013—2014 | → Bastia | 18 | (2) |
| 2015—2018 | Lechia Gdańsk | 86 | (7) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2006—2011 | Serbiya | 46 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milosh Krasić faoliyatini mahalliy „Rudar“ jamoasida boshlaganidan soʻng, isteʼdodli yarim himoyachi „Vojvodina“ futbol klubi eʼtiboriga tushgan. Hamda jamoa bu futbolchi bilan professional shartnoma tuzgan.
2010-yil 19-avgustda u Turinning „Juventus“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi 15 million yevroni tashkil qilgan. Shartnoma toʻrt yilga imzolangan.
2010-yil 26-sentyabrda Milosh Krasić „Juventus“ futbol klubi safida „Caralis“ futbol klubi bilan oʻyinda xet-trik qayd etib, hisobni ochgan. Natijada uning jamoasi 4:2 hisobida gʻalaba qozongan[1]. Muvaffaqiyatli debyutdan soʻng, „Juventus“ muxlislari Milosh Krasićga „Nedvěd“ laqabini berishgan[2][3][4]. 2010-yil 21-oktyabrda Yevropa Ligasi guruh bosqichida „Red Bull“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Juventus“ futbol klubi safida yevrokuboklardagi ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milosh Krasić ikki marotaba Serbiya va Chernogoriya yoshlar terma jamoasi safida yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida hamda 2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida muhim oʻyinchi sifatida maydonga tushgan. 2006-yilda Milosh Krasić Portugaliyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Serbiya va Chernogoriya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan, u yerda uning jamoasi yarim finalda Ukraina terma jamoasi bilan boʻlgan penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan.
2008-yil 11-oktyabrda JCh-2010 saralash bosqichida Litvaga qarshi oʻyinda Milosh Krasić terma jamoadagi ilk golini urgan[5].
2010-yilda Milosh Krasić terma jamoaning JARda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogar sifatida tarkibga kiritilgan edi[6][7]. Turnirda u Gana, Germaniya va Avstraliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[8]. Nemislarga qarshi kechgan bahsda Milosh Krasić gol urgan.
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
|---|---|---|
| PFC CSKA Moscú | 2004 | |
| PFC CSKA Moscú | 2004—2005 | |
| PFC CSKA Moscú | 2004—2005 | |
| PFC CSKA Moscú | 2006 | |
| PFC CSKA Moscú | 2005—2006 | |
| PFC CSKA Moscú | 2005—2006 | |
| PFC CSKA Moscú | 2007 | |
| PFC CSKA Moscú | 2007—2008 | |
| PFC CSKA Moscú | 2008—2009 | |
| PFC CSKA Moscú | 2009 | |
| Juventus | 2011—2013 | |
| Fenerbahçe Spor Kulübü | 2013 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Хет-трик Красича принёс «Ювентусу» победу над «Кальяри»“ (ruscha). Чемпионат.ру (27 сентября 2010). 2012-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2010-yil.
- ↑ „«Красич — новый идол тифози „Юве“, новый Недвед» — Футбол — Sports.ru“. 12-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2017-yil.
- ↑ „Krasic artista:| Tutti pazzi per il nuovo Nedved — Calciomercato.com“. 12-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2017-yil.
- ↑ „Krasic: «Che onore il paragone con Nedved» — Repubblica.it“. 12-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2017-yil.
- ↑ „Сербия VS. Литва 3:0“ (ruscha). soccerway.com (11-oktabr 2008-yil). 20-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2015-yil.
- ↑ „Сербия VS. Гана 0:1“ (ruscha). soccerway.com (13-iyun 2010-yil). 20-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2015-yil.
- ↑ „Германия VS. Сербия 0:1“ (ruscha). soccerway.com (18-iyun 2010-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2015-yil.
- ↑ „Австралия VS. Сербия 2:1“ (ruscha). soccerway.com (23-iyun 2010-yil). 20-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2015-yil.
- 1-noyabrda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- Juventus F.K. oʻyinchilari
- 2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilar
- Serbiyalik erkak futbolchilar
- Yashayotgan insonlar
- PFK SSKA Moskva futbolchilari
- Fenerbahçe S.K. futbolchilari
- SC Bastia futbolchilari
- Lechia Gdańsk futbolchilari
- Lechia Gdańsk II futbolchilari
- FK Vojvodina futbolchilari
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari
