Milliy bogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Milliy tabiat bogʻidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Milliy bogʻ, milliy tabiat bogʻi — alohida qoʻriklanadigan, inson faoliyati taʼsiriga uchramagan va tabiiy manzaralari saqlangan, oʻsimliklar va hayvonot olami va ularning yashash muhiti ilmiy va oʻquv-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan katta tabiiy hudud. Milliy bogʻda landshaftlarni tiklash, noyob va yoʻqolib borayotgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini saqlash ishlari amalga oshiriladi, bir qismi dam oluvchilar va qatʼiy tartibda turistlar uchun ochik/shgi bilan qoʻriqxonalardan farq qiladi. Chet ellarda Milliy bogʻ davlat tomonidan qoʻriqlanadigan hududlarning keng tarqalgan toifasi hisoblanadi. Jahonda birinchi Milliy bogʻ AQSH kongressi 1872 yilda qabul qilgan qonun asosida Yellouston daryosining yuqori oqimidagi Qoyali togʻlar hududida tashkil etilgan Yellouston Milliy bogʻ dir. 1980-yillar oxirida jahonda 2600 dan ortiq Milliy bogʻlar va faoliyati hamda vazifalariga koʻra, M. B.ga yaqin boʻlgan qoʻriklanadigan hududlar tashkil etildi. Ulardan Grenlandiya (Daniya) Milliy bogʻ, maydoni 7 mln.ga, VudBaffalo (Kanada) M.6., maydoni 4,5 mln.ga, Serengeti (Tanzaniya) Milliy bogʻ, maydoni 2 mln.ga, Oʻzbekistonda Zomin milliy bogʻi, Ugom-Chatqol milliy bogʻi mashhur.

Abdushukur Xonazarov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil