Millatlar Hamdoʻstligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Hamdoʻstlik (1947-yilgacha Britaniya millatlar hamdoʻstligi) — Buyuk Britaniya va uning sobiq koʻpgina dominionlari hamda mustamlakalaridan iborat birlashma. H.ning huquqiy maqomi 1931-yil Vestminster statuti bilan belgilab berilgan (1947-yil aniqlik kiritilgan). Unda H.ga aʼzo davlatlarning oʻzaro hamda Britaniya bilan munosabatlari, ularning ichki siyosatda ham, tashqi siyosatda ham mustaqil va tenghuquqli davlat sifatida faoliyat yuritishi oʻz ifodasini topgan. 1971-yil Singapurda imzolangan H. prinsiplari toʻgʻrisidagi Deklaratsiya H. kon-sensus tamoyillari asosida ish olib boruvchi ixtiyoriy birlashma ekanli-gini tasdiqladi. H. 30 respublika va 21 monarxiyadan tashkil topgan. 16 monarxiya davlat boshligʻi sifatida Buyuk Britaniya qirolini tan oladi, bu mamlakatlarda general gubernator qirol nomidan ish koʻradi; 5 monarxiya oʻz qiroliga ega. Buyuk Britaniya monarxi H. boshligʻi va uning ramzi hisoblanadi. H. mamlakatlari har yili konfe-rensiya oʻtkazadilar. H. Kotibiyati mavjud. Buyuk Britaniyada hukumat tarkibida H. ishlari boʻyicha vazir bor.