Milka
Milka - Mondelēz International kompaniyasiga tegishli shokolad brendi. Asosiy ishlab chiqarish joyi yuz yilda beri Lörrachda (Germaniya) joylashgan. Ilk ishlab chiqarish fabrikasi Shveysariyada boʻlgan.
Milka nomi ikkita nemischa soʻzlardan – Milch (sut) va Kakao (kakao) dan olingan. Milka brendi shokoladli pechenye, shirinliklar va boshqa qandolat mahsulotlarini ham ishlab chiqaradi[1][2].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shveysariyalik Filipp Suchard 1825-yili Nevshatelda shokolad ishlab chiqarishni boshlagan. 1826-yilda Suxardda oʻz kompaniyasini kengaytirdi va ishlab chiqarishni yaqin atrofdagi Seryerga koʻchirdi, u yerda ijaraga olingan sobiq suv tegirmonida har kuni 25-30 kg shokolad ishlab chiqaradi va sotadi[3]. Suchardning shokoladi 1851-yili Londondagi Jahon koʻrgazmasida va 1855-yilda Parijdagi Butunjahon koʻrgazmasida taqdirlanadi. 1890-yillarda esa kompaniya shokoladga sut qoʻshishni boshladi.
Milka brendi 1901-yilda tashkil etilgan. Sutli shokolad firma mahsulotini boshqa ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan ajratib turuvchi nilufar oʻramiga qadoqlay boshlagan. 1909-yilda Milka birinchi marta Avstriyada ishlab chiqarilgan va sotilgan[4].
1913-yilga kelib, kompaniya Germaniyaning Lörrach zavodida 1880-yildagi birinchi zavodiga qaraganda 18 baravar koʻp shokolad ishlab chiqardi.
1926-yilda Milka Rojdestvo va Pasxa uchun mavzuli konfetlar ishlab chiqarishni boshladi.
1960-yillarda Milka savdo belgisi sifatida roʻyxatga olingan va binafsha rang mahsulot qadoqlash uchun rasmiy brend rangiga aylanadi.
Binafsharang sigir 1972-yilda savdo ramziga aylandi[5].
1970-yilda Suchard Tobler bilan birlashib, Interfoodni tashkil etadi[6].
1982-yilda Interfood Jacobs kofe kompaniyasi bilan birlashib, Jacobs Suchardga aylandi. 1990-yilda Kraft Foods Jacobs Suchardni sotib oladi[7].
2012-yilda Kraft Foods ikkita yirik boʻlinmaga boʻlinish jarayonini boshdan kechirdi[8].
Reklama[tahrir | manbasini tahrirlash]
Brend ramzi - boʻynida qoʻngʻiroqli binafsha rang sigir hisoblanadi.
Ilgari mahsulotni reklama qilish uchun haqiqiy sigir ishlatilgan, u purkagich bilan binafsha rangga boʻyalgan, keyin esa boʻyoqdan yuvilgan. Eng ommabop reklama modeli 1990-yillarda reklama kompaniyasidan olingan qaldirgʻoch sigir edi. Uning bu reklamasi ishlab chiqaruvchiga yiliga 6000 frankka tushadi[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 BrandNews. История Milka[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „MILKA“. https://www.mondelezinternational.com/.+18-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2020-yil.
- ↑ „Geschiedenis“. milka.nl/. 20-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2020-yil.
- ↑ „Geschiedenis“. milka.de/. 20-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2020-yil.
- ↑ „Страница шоколада «Milka» на сайте компании Kraft Foods“. 25-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-oktabr 2009-yil.
- ↑ „CHEAP CHOCOLATE WORRIES THE SWISS“. The New York Times/. 7-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2020-yil.
- ↑ „COMPANY NEWS; 14.9% of Rowntree To Jacobs-Suchard“. The New York Times/. 7-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2020-yil.
- ↑ „Kraft Foods стал Mondelez International“. The New York Times/. 7-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2020-yil.