Kontent qismiga oʻtish

Milk and Honey

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Milk and Honey
Eurovision tanlovida
Eurovision tanlovida
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Isroil
Janrlar Pop
Faoliyat yillari
  • 1979–1983
  • 1987
  • 1989
  • 2001
  • 2009
  • 2017
Aʼzolar
  • Reuven Gvirtz
  • Yehuda Tamir
  • Leah Lupatin
Sobiq aʼzolar

Milk and Honey (ibroniycha: חלב ודבש Xalav U’Dvash) isroillik vokal guruh edi. Dastlabki tarkibi Shmulik Bilu, Reuven Gvirtz, Yehuda Tamir va Gali Ataridan iborat edi[1]. Ular „Xalleluya“ qoʻshigʻi bilan Isril nomidan 1979-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida ishtirok etib, gʻalaba qozonishgan.

Guruh 1978-yilda prodyuser Shlomo Zax va bastakor Kobi Oshrat tomonidan, ham Hakol Over Habibi, ham Yardena Arazi Oshratning „Xalleluya“ qoʻshigʻini ijro etish taklifini rad etgach, 1979-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovi uchun Isroil milliy saralashida tuzilgan[2][3]. Milk and Honey oxir-oqibat milliy saralashda gʻolib boʻldi va keyinchalik 1979-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida ham gʻalaba qozondi[3]. „Xalleluya“ Buyuk Britaniya singllar reytingida 1979-yil aprel oyida 5-oʻringa chiqqan[4]. Guruhning yana bir xalqaro xiti — „Goodbye New York“ qoʻshigʻi edi[3].

Qoʻshiq tanlovidan bir yil oʻtib, Atari Milk and Honey tarkibidan ketdi va 1981-yilda uning oʻrniga Lea Lupatin keldi[2][3]. Oʻsha yili Atari Zaxni toʻlanmagan royaltilar uchun sudga berdi. 1994-yilda Isroil sudi Atarining foydasiga qaror chiqarib, Zaxni royaltilarni toʻlashga majbur qildi[2]. Keyinchalik, 2003-yilda Zax va uning hamkorlari Oshrat ustidan daʼvo arizasi bilan chiqib, Oshrat ham guruhning sherigi boʻlganligi sababli Atariga toʻlovlarda oʻz hissasini qoʻshishi kerak edi, deb taʼkidlashdi[2][3]. Ushbu sud ishi 2009-yilda mediasiya yoʻli bilan hal qilindi[3].

Milk and Honey milliy finalda yana ikki marta qatnashgan; ular 1981-yilda „Serenada“ qoʻshigʻini ijro etib, toʻrtinchi oʻrinni, 1989-yilda esa „Ani Maʼamin“ qoʻshigʻi bilan sakkizinchi oʻrinni egallashgan. Gvirtz va Tamir 1988-yilda Isroilning Eurovision qoʻshiq tanlovi uchun tanlangan ishtirokchisiga hamroh boʻlishgan[2].

Shmulik Bilu 2023-yil 31-dekabr kuni Tel-Avivdagi Ichilov kasalxonasida 71 yoshida vafot etdi[5].