Milan Radin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Milan Radin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Milan Radin
Tavallud sanasi 25-iyun 1991-yil (1991-06-25) (32 yosh)
Tavallud joyi Novi Sad, SFR Yugoslaviya
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo Batumi
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Miletić Mošorin
Borac Šajkaš
Novi Sad
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2010 Novi Sad 0 (0)
2009—2010 → Jugović Kać (Ijara) ? (8)
2010—2012 Senta 47 (5)
2012—2013 Radnički Nova Pazova 30 (1)
2014—2015 Mladost Lučani 29 (0)
2016 Voždovac 13 (0)
2016—2018 Partizan 21 (0)
2018—2019 Aktobe 40 (5)
2019—2020 Korona Kielce 27 (1)
2020—2021 Inđija 9 (0)
Milliy terma jamoa
2021- Serbiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-iyul 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (29-yanvar uchun)

Milan Radin (talaffuzi: Milan Radin) (1991-yil 25-iyunda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, Batumining „Dinamo“ jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Novi Sadda tugʻilgan Radin Mošorin shahrida oʻsgan va u yerda mahalliy Miletich klubida futbol oʻynashni boshlagan[1]. Keyinchalik u Borac Šajkaš bilan oʻynagan oradan biroz vaqt oʻtib RFK Novi Sad jamosiga qabul qilingan[2]. Radin klub bilan uch yillik shartnoma imzolagan, 2009/2010-yilgi mavsumda Jugovich Kach jamosiga ijaraga berilgan va ligada sakkizta gol urgan[2]. Keyinchalik, Radin Smederevo jamosida sinovdan oʻtgan[2]. Radnički Nova Pazova jamoasiga oʻtishdan oldin u eski klubida ikki mavsum oʻtkazgan[3]. 2014-yil qishki transfer oynasida Radin Mladost Luchani bilan shartnoma imzolagan va ularga Serbiya futbolining yuqori ligasiga chiqishga yordam bergan. U 2015-yilning avgust oyida shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani uchun klub tomonidan diskvalifikatsiya qilingan[4][5]. Uning shartnomasi nihoyat 2015-yilning dekabrida bekor qilingan[6]. 2016-yil boshida Radin Rossiyaning „Arsenal Tula“ klubida sinovdan oʻtgan, ammo kelishuvga erishilmagan[7]. Koʻp oʻtmay u Vozdovac jamoasiga qoʻshilgan[8].

2016-yilning 4-iyunida Radin 29-raqamli libosni tanlab, „Partizan“ bilan uch yillik shartnoma imzolab[9]. 2016-yil 29-oktyabrda Radin „Partizan“ safida debyutini oʻtkazgan, oʻng qanot himoyachisi sifatida safarda jamoasi bilan Radnik Surdulica ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan[10]. U 12 oʻyinda maydonga tushgan va Partizandagi debyut mavsumida ikki bora gol urishga erishgan. Radin 2017/2018-yilgi mavsumda UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichida ikkala oʻyinda ham toʻliq maydonda harakat qilgan va „Videoton“ni magʻlub etgan golni kiritib, klubga Yevropa Ligasi guruh bosqichiga chiqishga yordam bergan. 2017-yilning 28-sentyabr kuni guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida „Dinamo Kiyev“ ga qarshi toʻliq maydonda harakat qilgan[11].

2018-yilning 27-fevralida Radin erkin agent sifatida Qozogʻiston Premyer-ligasining „Aktobe“ klubiga oʻtgani eʼlon qilingan[12][13]. 2019-yil 25-yanvarda 2019-yilgi mavsum oxirigiacha shartnoma uzaytirilgan[14]. Biroq, u 2019-yilning 26-iyunida Polshaning „Korona Kielce“ klubi bilan shartnoma imzolab Qozogʻiston jamoasinin tark etgan[15].

2021-yilning 23-yanvarida u Tbilisining „Dinamo“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Senta 2010—2011[3] Liga Vojvodina 26 2 26 2
2011—2012[3] 21 3 21 3
Jami 47 5 47 5
Radnički Nova Pazova 2012—2013 Birinchi Liga 30 1 30 1
2013—2014[3] Liga Vojvodina 0 0 0 0
Jami 30 1 30 1
Mladost Lučani 2013—2014 Birinchi Liga 8 0 8 0
2014—2015 SuperLiga 21 0 1 0 21 0
2015—2016 0 0 0 0 0 0
Jami 29 0 1 0 30 0
Voždovac 2015—2016 SuperLiga 13 0 13 0
Partizan 2016—2017 8 0 4 0 0 0 12 0
2017—2018 13 0 1 0 5 0 19 0
Jami 21 0 5 0 5 0 31 0
Aktobe 2018 Qozogʻiston Premyer Ligasi 29 4 1 0 0 0 30 4
2019 11 1 1 0 0 0 12 1
Jami 40 5 2 0 0 0 42 5
Karyerada jami 180 11 8 0 5 0 192 11

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mladost Lučani
  • Serbiya Birinchi Ligasi : 2013—2014
Partizan
  • Serbiya Superligasi : 2016—2017
  • Serbiya kubogi : 2016—2017

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fudbaler Partizana o drugarstvu sa miljenikom Delija: Upoznali se kao klinci na pecanju, pa igrali jedan protiv drugog (VIDEO)“ (serbcha). telegraf.rs (30-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 27-fevral 2018-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Radin pred vratima Smedereva“ (serbcha). ravnica.info (9-iyun 2010-yil). 2015-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-dekabr 2015-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Radin, Milan“ (serbcha). srbijafudbal.com. Qaraldi: 29-avgust 2017-yil.
  4. „Milan Radin za Utakmica.rs: "Odbio sam da produžim ugovor, u klubu mi je rečeno da sam suspendovan!"“ (serbcha). utakmica.rs (14-avgust 2015-yil). 2016-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2016-yil.
  5. „Milan Radin tužio Mladost Arbitražnom sudu: Terali me da trčim krugove na 40 stepeni, Milovanović me izbacivao iz kancelarije“ (serbcha). mozzartsport.com (1-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2015-yil.
  6. „http://zurnal.rs/fudbal/super-liga/28639/vezista-dobio-spor-sa-lucancima-hanover-i-malaga-zovu-radina“ (Serbian). Sportski žurnal (23-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2015-yil.
  7. „http://tula-football.ru/news/137099“ (Russian). tula-football.ru (2016-yil 8-fevral). Qaraldi: 6-iyun 2016-yil.
  8. „http://fkvozdovac.rs/7738/krasic-i-radin-u-vozdovcu“ (Serbian). FK Voždovac official website (11-fevral 2016-yil). Qaraldi: 21-mart 2016-yil.
  9. „Druga letnja akvizicija Partizana – Milan Radin!“ (serbcha). FK Partizan official website (4-iyun 2016-yil). Qaraldi: 6-iyun 2016-yil.
  10. Dva mata Ђurђeviћa i pochetnichka greshka golmana Radnika Chanchareviћa za novu pobedu Partizana (VIDYeO)
  11. Partizan — Dinamo 2:3 Video golov i obzor matcha
  12. „http://partizan.rs/185203-milan-radin-presao-u-kazahstanski-aktobe“ (Serbian). FK Partizan official website (27-fevral 2018-yil). Qaraldi: 27-fevral 2018-yil.
  13. OFITsIALNO: MILAN RADIN IGROK FK „AKTOBYe“ (Wayback Machine saytida 2020-10-08 sanasida arxivlangan) at FC Aktobe official website, 27-2-2018 (ruscha)
  14. „http://www.fc-aktobe.kz/index.php/ru/novosti-2/4761-fk-aktobe-i-milan-radin-prodlili-trudovoe-soglashenie“ (ruscha). fc-aktobe.kz. FC Aktobe (25-yanvar 2019-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2019-yil.
  15. Milan Radin dał Koronie wygraną ze Stalą Mielec, kielce.wyborcza.pl, 26 June 2019
  16. Dinamo Tbilisi (23-yanvar 2021-yil). „Milan Radin in Dinamo“ (inglizcha). Press-reliz.