Milan Baros
Milan Baros (chex. Milan Baroš)—chexiyalik futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.1981-yil 28-oktyabrda Chexoslovakiyaning Valashske-Mezirjichi shahrida tavallud topgan.U Chexiya terma jamoasida oʻynagan va bu jamoa tarixidagi ikkinchi toʻpurar hisoblanadi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Liverpul","Aston Villa" va Lionning „Olimpik“ klublarida oʻynagan.2008-yilning yanvarida u „Portsmut“ga ijaraga oʻtdi.U 2005-yilda „Liverpul“ bilan UEFA Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan.2008-yilning 26-avgustida Baros Istanbulning „Galatasaroy“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.2013-yilning fevralida Baros oʻz vatani „Banik“ga erkin agent sifatida qaytdi[1].Oʻsha yilning iyul oyida Turkiyaning „Antalyaspor“ jamoasiga koʻchib oʻtdi.Baros bu yerda 13 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urdi.2014-yilning yanvarida Milan erkin agent sifatida klubni tark etdi.9 oylik tanaffusdan keyin yana „Banik“ga qaytdi.
2015-yilning yozida u „Mlada Boleslav“ga oʻtib, klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.Bir yil oʻtgach u „Slovan“(Liberets) koʻchib oʻtdi va u yerda 2016/2017-yilgi mavsumda oʻynadi.2017-yilning yozida u oʻzining „Banik“ (Ostrava) klubiga qaytdi.
2020-yil 3-iyulda u professional faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[2].Bu haqda „Banik“ rasmiy sayti[3] xabar berdi.
Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]
U 19 yoshida milliy terma jamoadagi debyutini 2001-yilning 25-aprelida Belgiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.Birinchi oʻyindayoq toʻp kiritgan. 2001—2012-yillarda Chexiya terma jamoasi tarkibida 93 ta oʻyin oʻtkazib,41 ta gol urgan (shu jumladan 2009-yil 9-sentyabrda San-Marino terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1 ta poker qayd etdi).Bundan tashqari 5 ta dubl qayd etgan.2004-yilgi Yevropa chempionati bronza medali sovrindori va eng yaxshi toʻpurari.Yoshlar terma jamoasi bilan-2002-yilda Yevropa chempioni.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Liverpul"
- UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi-2004/05
- Angliya Liga kubogi sohibi-2003
"Olimpiya Lion"
"Portsmut"
- Angliya kubogi gʻolibi-2007/08
"Galatasaroy"
- Turkiya chempioni-2011/12
- Turkiya Superkubogi sohibi-2012
"Mlada Boleslav"
- Chexiya kubogi sohibi-2015/16
Chexiya terma jamoasi
- Yoshlar jamoalari (21 yoshgacha) oʻrtasida Yevropa chempioni-2002
- 2004-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori
Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Turkiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari-2008/09
- Yevropa chempionatining eng yaxshi toʻpurari-2004 (5 gol)
- Chexiya terma jamoasining Yevropa chempionatidagi gollari soni boʻyicha rekordchisi-5 ta gol
- 2000-yilgi yozgi Olimpiada o'yinlari,2006-yilgi jahon chempionati,2008-yilgi Yevropa chempionati va 2012-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Chexiya: Milan Barosh podpisal kontrakt s komandoy „Banik“[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Милан Барош объявил о завершении карьеры“. 7-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-iyul 2020-yil.
- ↑ „Druhý nejlepší střelec reprezentační historie po sezoně končí svoji bohatou fotbalovou kariéru. Děkujeme za všechno“. instagram. Qaraldi: 3-iyul 2020-yil.
- 4.Banica rasmiy veb-saytidagi profil (chex. )
- 5.Chexiya futbol assotsiatsiyasi saytidagi statistika (chex. )
- 6.LFCHistory.net saytida oʻyinchi profili va statistikasi(ingl.) )
- 7.Birinchi liga rasmiy saytidagi profil (chex. )