Miksobakteriyalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Miksobakteriyalar (Myxobacterales) — grammanfiy bakteriyalar tartibi. Sirpanib harakatlanadi, me-vali tana va miksosporalar hosil qiladi. Vegetativ hujayralari tayoqchasimon (uz. 0,7—1,0—3,0—6,0 mkm), koʻndalang boʻlinib koʻpayadi. Mevali tana hosil boʻlishida hujayralar birga toʻplanadi; baʼzan shaklini oʻzgartiryb, suvsizlikka chidamli mikro-sporalar hosil qiladi. Sporalar unib chiqib, vegetativ hujayraga asos soladi. Mevali tanasining oʻlchami, shakli va rangi sistematik ahamiyatga ega. M. — aerob. Ularning ekologik ahamiyati gidrolitik fermentlar hosil qilishi bilan belgilanadi. Oziq moddalarga boʻlgan talabiga koʻra, M. bakteriolitik va sellyulozalitik guruhlarga boʻlinadi. M. hujayrasi substratga bevosita ekzofermentlar ishlab chiqarmaydi, lekin parchalanadigan substrat bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Bakteriolitik M. va sirpanuvchi fleksibakteriyalar yirtqich bakteriyalar deb ataladi. M. — tuproq organizmlari boʻlib, odatda, chiriyotgan oʻsimlik qoldiqlari va goʻngda koʻp uchraydi. Suvda deyarli uchramaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |