Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti, Oʻzbekiston epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti — Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tekshirish muassasasi, 1961 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. institut respublikada yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish ishlarini muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi. Institutdagi ilmiy izlanishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ilm-fan va texnologiya markazi tomonidan tasdiqlangan 4 ta grant mavzusi asosida olib boriladi.

Institut tarkibida epidemiologiya, mikrobiologiya, klinik, oʻta xavfli yuqumli kasalliklar va boshqalar boʻlimlari, surunkali yuqumli jarayonni oʻrganish va protozoy kasalliklari laboratoriya.lari, ilmiy kutubxona, markaziy sterilizatsiya punkti, dorixona, vivariy va boshqalar bor. institut oldida turgan asosiy vazifa yuqumli kasalliklarga qarshi kurash choratadbirlarini takomillashtirish, yuqumli kasalliklarning epidemiologiyasi, mikrobiologiyasi va klinikasiga oid ilmiy izlanishlar olib borish va shu sohaga oid yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, shuningdek, mahalliy sogʻliqni saqlash xizmati tashkilotlariga amaliy hamda konsultativ xizmat koʻrsatishdan iborat.

Institutning 200 oʻrinli kasalxonasida reanimatsiya, qabul va 7 klinik boʻlim, bakteriologik, biokimyoviy, klinik diagnostika va ekspress diagnostika laboratoriya., shuningdek, fizioterapiya, stomatologiya, endoskopiya va rentgen xonalari hamda konsultativ poliklinika mavjud. Klinikada virusli gepatitlar, ichak infeksiyalari, brutsellyoz, gijja va parazitar kasalliklari, bezgak, tif, paratiflar bilan ogʻrigan bemorlar (kattalar va bolalar) davolanadi.

Institut faoliyati akademik I.Q.Musaboyev, A.O.Obidov, Z.K.Karimov, M.V.Nevskiy, S.S.Maxsumov, K.J.Jalilov, Sh.Sh.Shovahabov, M.Sharipov, M.J. Ahmedova, A.G. Valiyev, S.N.Boboxoʻjayev, N.Gʻ.Gʻulomov va boshqalar olimlar nomi bilan bogʻliq.

Institut xodimlaridan 9 kishi fan doktori, professor, 18 nafari fan nomzodi. institut ilmiy toʻplam, monografiya va metodik qoʻllanmalar chop etadi. Institutda Toshkent tibbiyot akademiyasining yuqumli va tropik kasalliklar, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining epidemiologiya va yuqumli kasalliklar xamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi faoliyat koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil