Mikdor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Miqdor, kattalik (matematika da) — asosiy matematik tushuncha; kesma uzunligi, sirt yuzi, jism hajmi va massasi kabi tushunchalarning umumlashmasi. Bular skalyar M.lar deb ataladi. Bir xil skalyar M.larni oʻzaro taqqoslash uchun oʻlchov birligi tanlab olinadi (mas, uzunlikni ifodalovchi M.lar uchun metr, massani ifodalovchi M.lar uchun gramm va boshqalar). M.lar oʻlchov birligiga nisbatan son bilan ifodalanadi. Mat.da M.ning fizik tabiatiga bogʻliq boʻlmagan xususiyatlari olinadi. M.lar uchun tenglik, tengsizlik (katta, kichik), qoʻshish, ayirish va boshqa munosabatlar aniqlanadi. Maʼlum yoʻnalishdagi kesma, tezlik, kuch va boshqa tushunchalar vektor M. tushunchasiga olib keladi. Geometriya, mexanika va boshqa sohalarda vektorlardan ham umumiyroq boʻlgan tenzor, kvaternion tushunchalari qoʻllaniladi. R. Dekart mat.ga izchil ravishda oʻzgaruvchi M. tushunchasini kiritdi. Bu tushuncha mat. taraqqi-yotida, jumladan, differensial va integral hisob yaratilishida muxim rol oʻy naydi (qarang Differensial hisob, Integral hisob). M. baʼzi hrllarda qiymat deb yuritiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil