Mikaela Jenkins
| Mikaela Jenkins | |
|---|---|
|
Jenkins Grove City kollejida, 2023-yil | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavallud sanasi |
11-mart 2003-yil Tampa, Florida, AQSh |
| Boʻyi | 163 sm |
| Sport | |
| Qaysi sport | para suzish |
| Klubi | Newburgh Sea Creatures |
| Murabbiy(lar)i | Aaron Opell |
Mikaela Jenkins (2003-yil 11-martda tugʻilgan) – amerikalik sobiq para suzuvchi, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida AQSh terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jenkins xalqaro maydondagi debyutini 2019-yilgi para suzish boʻyicha Jahon chempionatida amalga oshirgan va u yerda ayollar oʻrtasida S10 toifada 100 metrga batterflay usulida suzish bahslarida oltin medalni, shuningdek, ayollar oʻrtasida 34 ochko toifasida 4×100 metrga erkin usulda estafeta suzish yoʻnalishida ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan[1].
Jenkins 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida S10 toifasida 100 metrga batterflay usulida suzish musobaqasida AQSh sharafini himoya qilgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u ayollar oʻrtasidagi 34 ochko toifasida 4×100 metrga aralash estafeta musobaqasida ham ishtirok etib, yana bir oltin medalga ega chiqqan[2].
2022-yil 14-aprel kuni Jenkins AQSh terma jamoasi tarkibida 2022-yilgi para suzish boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchilar roʻyxatga kiritilgan[3]. 2023-yil 29-aprel kuni esa u yana bir bor AQSh terma jamoasi tarkibiga kiritilib, 2023-yilgi para suzish boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etgan[4].
2024-yil 29-aprelda Jenkins para suzish boʻyicha sport faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. U asosiy eʼtiborini kollejdagi soʻnggi oʻquv yiliga va sportdan tashqari boshqa faoliyatiga eʼtibor qaratmoqchi ekanini bildirdi. Jenkins Grove City kollejida molekulyar biologiya yoʻnalishi boʻyicha tahsil oladi, shuningdek, kimyo fanidan qoʻshimcha yoʻnalishda oʻqiydi[5][6].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jenkins tugʻma proksimal femoral fokal yetishmovchiligi (yaʼni son suyagining yuqori qismida rivojlanish nuqsoni) kasalligi bilan dunyoga kelgan va sakkiz oyligida chap oyogʻi syme usulida amputatsiya qilingan, yaʼni chap oyogʻining pastki qismi kesib tashlangan, lekin oyoqning tovon qismi (yoki boʻgʻimning muhim qismlari) imkon qadar saqlab qolingan. Bu usul maxsus protez kiyish va yurish imkoniyatini yaxshiroq taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mikaela Jenkins“. teamusa.org. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
- ↑ „Mikaela Jenkins“. Tokyo 2020 Paralympics. Tokyo Organising Committee of the Olympic and Paralympic Games. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
- ↑ Gowdy. „U.S. Paralympics Swimming Nominates 25 athletes to World Championship Roster“. teamusa.org (2022-yil 14-aprel). 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-aprel.
- ↑ Overend. „U.S. Paralympics Swimming Selects 22 (Including Just 6 Men) for 2023 Worlds Roster“. swimswam.com (2023-yil 29-aprel). Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
- ↑ Price. „Mikaela Jenkins Gave Her All To Para Swimming, And Now It's Time To Walk Away“. usparaswimming.org (2024-yil 29-aprel). Qaraldi: 2024-yil 29-aprel.
- ↑ Overend. „Tokyo Paralympic Gold Medalist Mikaela Jenkins Retires From Para Swimming at Age 21“. swimswam.com (2024-yil 29-aprel). Qaraldi: 2024-yil 29-aprel.
- ↑ Sokeland. „Reitz grad Mikaela Jenkins living a dream this week: Competing in Paralympic Games“ (2021-yil 23-avgust). Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.