Mihrişah Sulton
| Mihrişah Sulton | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Valide sulton of the Usmonli imperiyasi (Imperator ona) | |||||
| hukmronlik | 1789-yil 7-aprel – 1805-yil 16-oktyabr | ||||
| Oʻtmishdoshi | Shehsuvar Sulton | ||||
| Davomchisi | Sineperver Sulton | ||||
| Usmoniylar imperiyasining Bosh Kadıni (Bosh xotin) | |||||
| hukmronlik | 1758/1764 – 1774-yil 21-yanvar | ||||
| Oʻtmishdoshi |
Leyla Kadın yoki Aynülhayat Kadın | ||||
| Davomchisi | Oysha Kadın | ||||
| Tugʻilishi |
tax. 1745 Gruziya | ||||
| Vafoti |
1805-yil 16-oktyabr Konstantinopol, Usmoniylar davlati (hozirgi Istanbul, Turkiya) | ||||
| Dafn etilgan joy |
Mihrişah Sulton majmuasi, Eyüp, Istanbul | ||||
| Turmush oʻrtogʻi | Mustafo III | ||||
| Farzandlari |
Hibetulloh Sulton Salim III Fotma Sulton | ||||
| |||||
| Dini | Islom, sunniylik (dinini oʻzgartirgan) | ||||
Mihrişah Sulton (usmonli turkcha: مهرشاہ سلطان; tax. 1745-yilda tugʻilgan – 1805-yil 16-oktyabrda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Mustafa III ning xotini, sulton Salim III ning onasi. 1789-yildan 1805-yilda vafotiga qadar 16 yil davomida imperiyaning Volida Sultoni boʻlgan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelib chiqishi gruzin millatiga mansub boʻlgan[1][2] Mihrişah Sulton 1745-yilda Gruziyada tugʻilgan. Biroq uning qisman genuyalik ekanligi haqida mish‑mishlar ham tarqalgan[3][4]. Mihrişah Sulton juda goʻzal ayol boʻlgan[5] va shu sababdan „gruzin goʻzali“ (turkcha: Gürcü güzeli) deb atalgan[6][7].
Sulton xonim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mihrişah Sulton taxminan 1757-yilda Qora dengiz qullar savdosi orqali Mustafo III ning haramiga olib kelingan. Vaqt oʻtib Mustafoning xotinlaridan biriga, keyinchalik esa Bosh xotiniga aylangan[8]. 1759-yil 17-martda[9] u oʻzining ilk farzandi, qizi Hibetulloh Sultonni dunyoga keltirgan[10][11][12]. Undan oldin 30 yillar davomida sulolada farzand dunyoga kelmaganligi sababli Hibetullohning tugʻilishi butun Istanbul boʻylab nishonlangan[13][9].
1761-yil 24 dekabrda uning ikkinchi farzandi, oʻgʻli shahzoda Salim (boʻlajak sulton Salim III) tugʻilgan. Uning tugʻilishi 1 hafta davomida nishonlangan[14][15]. 1770-yil 9-yanvarda Mihrişahning uchinchi farzandi, qizi Fotma Sulton dunyoga kelgan. Biroq u 1772-yil 26-mayda 2 yoshida vafot etgan[11][16]. Mihrişah Sultonning xizmatkorlari orasida Dilhayot xalfa ismlisi ham boʻlib, u sulton Ahmad III hukmronligi davrida haramning bosh bekasi va Salim III ning tarbiyachisi boʻlgan. Dilhayot xalfa yangi davr boshlarining eng buyuk turk bastakor ayollaridan biri sifatida tanilgan[17][manba kerak].
Mihrişah Sulton 1774-yilda beva qolgan, shundan soʻng Eski saroyga joylashgan. Topkapı saroyi arxiv hujjatlaridan biri Mustafo III undan pul qarz olganini va uning oʻlimi tufayli qarz qaytarilmaganini koʻrsatadi[18][19][20].
Mihrişah va uning oʻgʻli Salim Mavlaviy tariqati aʼzolari boʻlgan.
Volida Sulton sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salimning taxtga chiqishi va siyosiy taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sulton Abdulhamid I ning 15 yil davom etgan hukmronligi davrida shahzoda Salim Topkapı saroyida cheklangan hayot tarzida yashagan, bu vaqtda Mihrişah Eski saroyga yuborilgan edi[21][oydinlashtirilsin]. Abdulhamid 1789-yilda vafot etgach, Salim taxtga chiqqan va shundan soʻng Mihrişah Volida Sultonga aylangan.
Mihrişah Sulton vaqti-vaqti bilan oʻgʻliga murojaat qilib, turli imtiyozlar soʻrab turgan[22][19]. Sulton Salim oʻzining Nizomi Jadid (Yangi tartib) islohotlarini boshlaganida onasi Mihrişah Sulton ham, oʻsha paytdagi saroy mulozimi Yusuf ogʻa ham uning kuchli tarafdorlaridan edi. Oʻgʻlining bu islohotlarini qoʻllab‑quvvatlash maqsadida Mihrişah Sulton Hasköyda, Osiyo qirgʻogʻida joylashgan Humbaracıhane (bombardirlar kazarmasi) uchun masjid, shuningdek, Üsküdarda tibbiyot maktabini tashkil qilgan[23][24].
Yusuf ogʻa uning ikkinchi saroy mulozimi boʻlgan. Birinchi mulozim Mahmud ogʻa oʻz lavozimida xizmat qilayotgan davrida vafot etgach, uning oʻrnini Yusuf ogʻa egallagan edi[25][26]. Yusuf ogʻa qobiliyatli kishi boʻlib, sulton Salimning yaqin kishilaridan biri edi. 1808-yilda sulton Salimga qarshi qoʻzgʻolon paytida Kabakçı Mustafoning hiylalariga ishontirilgan va oxir‑oqibat oʻldirib yuborilgan[27][28].
Meʼmorchilik ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mihrişah Sulton 1790‑yillarda maktab va masjidlar qurilishiga homiylik qilgan.
1792-yilda Humbarahona kazarmalariga asos solgan, ular yirik miqyosdagi harbiy inshootlarning ilk zamonaviy namunasi hisoblangan[29].
Mihrişah Sulton 1792-yilda asos solgan va 1796-yilda qurilishi yakuniga yetkazillangan Mihrişah Sulton majmuasi Istanbulning Eyüp mahallasida joylashgan. Ushbu majmua maqbara va bugungi kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgan imoratni (oshxona)[30][31][32] oʻz ichiga oladi[33].
1793-yilda Mihrişah Sulton Halıcıoğlu masjidiga asos solgan[34][19].
Bundan tashqari Volida toʻgʻoni qurilishiga ham masʼul boʻlgan[35][36].
Mihrişah Sulton, shuningdek, bir qator favvoralar qurdirgan, jumladan:
- 1791-yilda oʻz qizi Hibetulloh Sulton xotirasiga bagʻishlab Üsküdarning İhsaniye hududida favvora qurdirgan[36];
- 1792-yilda qizi Fotma Sulton xotirasiga bagʻishlab favvora qurdirgan[37];
- 1794-yilda Kağıthanedagi Silohdor Yusuf posho favvorasini taʼmirlattirgan[19];
- 1796-yilda Eminönü va Balıkpazarı oraligʻida Chashnigir Zaynab (keyinchalik Mihrişah Volida favvorasi deb atalgan) sharafiga favvora qurdirgan[36];
- 1796-yilda Eyüpdagi oʻz nomi bilan ataluvchi majmua uchun qurilgan favvoraning ikki tomonida yana ikki favvora qurdirgan[36];
- 1797-yilda Fındikli Mollabayirida favvora qurdirgan[36];
- 1797-yilda Beshiktoshdagi Qilichali mahallasida favvora qurdirgan[36];
- 1805-yilda qizi Fotma Sulton xotirasiga bagʻishlab (keyinchalik Mihrişah Volide Sulton favvorasi deb atalgan) Yeniköyda favvora qurdirgan[36].
Mihrişah Sulton tomonidan qurdirilgan favvoralar Beyoğlu, Galata and Boğaziçi mahallalarida istiqomat qiluvchi aholining suv bilan bogʻliq ehtiyojlarini qondirgan[38][39].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mihrişah Sulton 1805-yil 16-oktyabrda nomaʼlum sabablarga koʻra vafot etgan. U Istanbulning Eyüpsultan tumanida joylashgan Mihrişah Sulton majmuasida dafn etilgan[40][41][20][42].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ H. Mirgül Eren Griffe. Galip Ali Paşa Rızvanbegovic-Stocevic. Babil, 2005 — 55-bet. ISBN 9789756360415. „Ortodoks bir Gürcü papazın kızı olan Mihrişah“
- ↑ Y. İzzettin Barış. Osmanlı padişahlarının yaşamlarından kesitler, hastalıkları ve ölüm sebepleri. Bilimsel Tıp Yayınevi, 2002 — 184-bet. ISBN 978-975-6986-17-2. „Selim'in annesi olan Mihrişah, Gürcistan'dan kaçırılan bir papazın kızıydı“
- ↑ ; Bruce Alan MastersEncyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing, 1 January 2009 — 514-bet. ISBN 978-1-4381-1025-7.
- ↑ E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam 1913-1936. BRILL, 31 December 1987 — 1117-bet. ISBN 90-04-08265-4.
- ↑ ; Philip Shukry Khoury; Mary Christina WilsonThe Modern Middle East: A Reader. University of California Press, 1 January 1993 — 42-bet. ISBN 978-0-520-08240-3. „beautiful Georgian slave-girl named Mihr-i Şāh“
- ↑ Osmanlı tarihi: cilt. Nizam-ı cedid ve Tanzimat devirleri, 1789-1856. Türk Tarih Kurumu Basımevi, 1961 — 13, 16-bet. „Gürcü güzeli Mihrişah“
- ↑ Osman Horata. Esrâr Dede: hayatı, şiir dünyası ve dı̂vânı. T.C. Kültür Bakanlığı, 1998. ISBN 978-975-17-1954-6. „Selim'in Gürcü güzeli ... annesi Mihrişah“
- ↑ Kal'a, Ahmet. İstanbul külliyâtı: İstanbul tarım tarihi, 1 (1743-1757), 2 (1757-1763). İstanbul Araştırmaları Merkezi, 1998 — 218-bet.
- 1 2 Uluçay 2011, s. 151-2.
- ↑ According to Oztüna, her mother was Aynülhayat Kadın instead, but this information was discredited
- 1 2 İyianlar, Arzu. Vâlide Sultanlar'ın İmar Faaliyetleri. İstanbul Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü, 1992 — 167–8, 170–71-bet.
- ↑ Dominic, Paulina D.; Roszak, Stanisław. The Istanbul Memories in Salomea Pilsztynowa's Diary "Echo of the Journey and Adventures of My Life" (1760), 2017 — 52 n. 41-bet.
- ↑ Dominic, Paulina D.; Roszak, Stanisław. The Istanbul Memories in Salomea Pilsztynowa's Diary "Echo of the Journey and Adventures of My Life" (1760), 2017 — 52 n. 41-bet.
- ↑ Başaran, Betül. Selim III, Social Control and Policing in Istanbul at the End of the Eighteenth Century: Between Crisis and Order. BRILL, 14 July 2014 — 72-bet. ISBN 978-9-004-27455-6.
- ↑ Kazancıoğlu 2016, s. 95-6.
- ↑ Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6.

- 1 2 3 4 Uluçay 2011, s. 150.
- 1 2 Kazancıoğlu 2016, s. 96.
- ↑ Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6.
- ↑ Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6.
- ↑ Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6.
- ↑ Davis 1986, s. 10-11.
- ↑ Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6.
- ↑ Davis 1986, s. 27 n. 77.
- ↑ Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6.
- ↑ Davis 1986, s. 9.
- ↑ „HUMBARAHANE KIŞLASI ve CAMİİ İstanbul'da Haliç kıyısında XVIII. yüzyılın sonlarına ait kışla ve cami.“. İslam Ansiklopedisi. Qaraldi: 2020-yil 11-may.
- ↑ AA, Daily Sabah with „Istanbul's historic public kitchen makes life easier for refugees and the homeless“ (en-US). Daily Sabah (2016-yil 1-fevral). Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ Rüstem 2019, s. 254.
- ↑ Goodwin 1971, s. 410-411.

- 1 2 3 4 5 6 7 Kazancıoğlu 2016, s. 98.
- ↑ Uluçay 2011, s. 169.
- ↑ AA, Daily Sabah with „Istanbul's historic public kitchen makes life easier for refugees and the homeless“ (en-US). Daily Sabah (2016-yil 1-fevral). Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ Kazancıoğlu 2016, s. 101.
- ↑ AA, Daily Sabah with „Istanbul's historic public kitchen makes life easier for refugees and the homeless“ (en-US). Daily Sabah (2016-yil 1-fevral). Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ Uluçay 2011, s. 151.
- ↑ Akkurt 2018, s. 8.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Akkurt, Ibrahim. Mihrişah Valide Sulton va Kulliyesi, 2018.
- Davis, Fanny. The Ottoman Lady: A Social History from 1718 to 1918. Greenwood Publishing Group, 1986. ISBN 978-0-313-24811-5.
- Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture. Thames & Hudson, 1971. ISBN 0-500-27429-0.
- Kazancıoğlu, Habibe. Mihrişah Valide Sulton Su Bendi, 2016.
- Rüstem, Ünver. Ottoman Baroque: The Architectural Refashioning of Eighteenth-Century Istanbul. Princeton University Press, 2019. ISBN 9780691181875.
- Uluçay, M. Çağatay. Padishohlarning ayollari va qizlari. Ankara, Oʻtuken, 2011.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Mihrişah Sulton“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- Vikipediya:Oydinlashtirilishi kerak maqolalar
- 1740‑yillarda tugʻilganlar
- 1805-yilda vafot etganlar
- 18-asr Usmoniylar sultonlarining xotinlari
- Volida Sulton
- Usmoniylar imperiyasidagi gruzinlar
- 18-asrda Usmoniylar imperiyasidagi qullar
- Usmoniylar sultonlarining joriyalari
- Mihrişah Sulton majmuasiga dafn etilganlar
- 18-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari
- 19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari