Mihaela Fileva
Mihaela Fileva bulg‘orcha: Михаела Тинкова Филева | |
|---|---|
|
Fileva, 2020-yil, may. | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
1991-yil 15-may |
| Janrlar | pop, jazz, R’nʼB |
| Faoliyat yillari | 2005–hozirgacha |
| Leybllar | Monte Music, Virginia Records |
| Fuqaroligi | Bolgariya |
| Turmush oʻrtogʻi | Stefan Radov |
Mihaela Tinkova Fileva (bulg‘orcha: Михаела Тинкова Филева; 1991-yil 15-mayda tugʻilgan) – bolgariyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va raqqosa. 2005-yilda Bolgariya Milliy Televideniyesi tomonidan oʻtkazilgan „Hit Minus One“ koʻrik tanlovida gʻolib chiqqan. 2011-yilda Bolgariyada oʻtkazilgan „The X Factor“ musobaqasi finalchisiga aylangan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fileva 1991-yil 15-mayda Bolgariyaning Veliko Tarnovo shahrida tugʻilgan. 6 yoshida pianino chalishni va qoʻshiq kuylashni, 9 yoshidan raqs bilan shugʻullana boshlagan. 2006-yilda „Hit-1“ musiqiy shousida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Fileva „Prof. Pancho Vladigerov“ Milliy musiqa akademiyasida tahsil olgan[1].
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fileva oʻzining tugʻilgan shahri Veliko Tırnovodagi „Vasil Drumev“ matematika va tabiiy fanlar oliy maktabini tamomlagan. Soʻngra Sofiyadagi „Prof. Pancho Vladigerov“ Milliy musiqa akademiyasida jazz va estrada yoʻnalishida tahsil olgan.
Musiqiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mihaela bir nechta mukofotlarni qoʻlga kiritgan. „Yilning ayol qoʻshiqchisi“ mukofoti (BG Radio, Box TV, 359 Hip-Hop Music Awards), „Yil albomi“, „Yil qoʻshiqlari“ (BG Radio), „Yil ayoli“ (musiqa yoʻnalishi boʻyicha, Grazia jurnali) shular jumlasidandir[ iqtibos kerak ].
Fileva birinchi bor 2011-yilda „X-factor“ tanlovining finalchilari qatoridan joy egallab, koʻpchilikda katta taassurot qoldirgan. Uning chiqishi tomoshabinlar va bir qancha musiqa prodyuserlari eʼtiboriga tushgan va oradan koʻp vaqt oʻtmay „Monte Music“ leybli bilan shartnoma imzolagan. 2012-yilda Mihaela „Billy Hlapeto“ bilan hamkorlikda „Kogato ti triabvam“ nomli singlini eʼlon qilgan.
Bir necha oy oʻtib, Mihaela va VenZy ijrosidagi „Opasno blizki“ singli unga butun mamlakat boʻylab mashhurlik olib keldi. Keyinchalik uning „A dano, ama nadali“ va „Prilivi i otlivi“ nomli singllari eʼlon qilindi. Shundan soʻng, Mihalea oʻzining „Incognito“ deb nomlangan ilk albomini taqdim etdi. Filevaning ijrosidagi „Na ryba na ludostta“, „Edno naum“, „I az sym tuk“ va „Incognito“ singllari Bolgariya chartlarida birinchi oʻrinlarni egallagan. Uning ikkinchi albomi „Nova stranitsa“ taqdim etilganidan soʻng, Mihaela Sofiyaning eng katta konsert zallaridan birida oʻzining konsert dasturini taqdim etdi, ushbu konsert biletlari toʻliq sotilgan. Ushbu albom nomi bilan atalgan qoʻshiq „Nova stranitsa“ esa Mihaela tomonidan yozilgan. 2020-yilda uning „Live in NDK“ nomli uchinchi albomi chiqdi. Shundan soʻng Fileva oʻzining „Yin&Yang“, „100 na 100“ / „All The Way“, „Latino Señorita“, „Na drugia krai na sveta“, „Rodena s kasmet“ singllarini, 2021-yilda esa „Yin&Yang“ nomli toʻrtinchi albomini muxlislarga taqdim etdi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.facebook.com/pages/Mihaela-Fileva/256332384378914 Andoza:User-generated source
- ↑ „Михаела Филева: "Щастлива съм, че посветих живота си на музиката" | Радио България“. 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-dekabr.