Miguel Samudio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miguel Samudio
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Miguel Ángel Ramón Samudio
Tavallud sanasi 24-avgust 1986-yil (1986-08-24) (37 yosh)
Tavallud joyi Capiatá, Paragvay
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Ampluasi himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 Sol de América 27 (2)
2008—2014 Libertad 123 (8)
2014 → Cruzeiro (ijara) 9 (0)
2015—2017 América 83 (2)
2018—2019 Querétaro 32 (1)
2019—2020 Olimpia 11 (1)
2020 Sol de América 5 (0)
Milliy terma jamoa
2009— Paragvay 40 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 5-oktyabr uchun)

Miguel Ángel Ramón Samudio (talaffuzi: Migel Anxel Ramon Zamudio; 1986-yil 24-avgustda Kapiata shahrida tugʻilgan) — paragvaylik futbolchi, „Sportivo Luqueno“ futbol klubi himoyachisi. U Paragvay terma jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samudio „Libertad“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbol akademiyasini tugatgandan soʻng oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u „Sol de América“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 2007-yil 19-avgustda „Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Paragvay premyer ligasida debyut qilgan. 2008-yilda „Libertad“ futbol klubiga qaytganidan soʻng, Miguel Ángel rotatsiya oʻyinchisi boʻlishiga qaramay, ikki marta Paragvay chempioni boʻlgan. Keyingi mavsumda u asosiy tarkibdan joy olgan.

2010-yilda Zamudio uchinchi marta chempion boʻlgan va bir yildan soʻng klubga CONCACAF Chempionlar ligasida gʻolib chiqishga yordam bergan. 2012-yilda Miguel Ángel toʻrt karra Paragvay chempioniga aylangan. 2014-yilda u ijara asosida braziliyaning „Cruzeiro Esporte“ futbol klubiga oʻtgan. 27-aprel kuni Miguel Ángel Braziliya A seriyasida „São Paulo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[1]. Oʻsha yili u Braziliya chempioni boʻlgan.

2015-yil boshida Zamudio meksikaning „América“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi 1,5 million dollarni tashkil qilgan. 11-yanvar kuni León futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qilgan[2]. 15-fevral kuni „Chiapas“ futbol klubiga qarshi bahsda Zamudio América futbol klubi uchun birinchi golini urgan[3]. Oʻsha yili Miguel Ángel „América“ futbol klubiga tarixda birinchi marta CONCACAF Chempionlar Ligasida gʻolib chiqishga yordam bergan. 2016-yilda u ketma-ket ikkinchi marta CONCACAF Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilning 28-martida 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Urugvayga qarshi oʻyinda Zamudio Paragvay terma jamoasi safida debyut qilgan[4]. 2013-yilning 14-avgustida Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida terma jamoa safida ilk golini urgan[5].

2015-yilda Zamudio Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun tarkibga kiritilgandi. Turnirda u Peru, Yamayka va Argentina bilan oʻyinlarda maydonga tushgan[6][7][8][9].

2016-yilda Miguel Ángel AQShda ikkinchi marta Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Kosta-Rika, AQSh va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[10][11][12].

Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
Sol de América Paragvay bayrogʻi Paragvay 20072008
Libertad Paragvay bayrogʻi Paragvay 20082013
Cruzeiro Braziliya bayrogʻi Braziliya 2014
América  Meksika 20152017
Querétaro FC  Meksika 2018
Club Olimpia Paragvay bayrogʻi Paragvay 20192020
Sol de América Paragvay bayrogʻi Paragvay 2020
Club Sportivo Luqueño Paragvay bayrogʻi Paragvay 2021

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Крузейро VS. Сан-Паулу 1:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 27-aprel). 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
  2. „Америка VS. Леон 3:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-yanvar). 2014-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
  3. „Америка Мехико VS. Чьяпас 5:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 15-fevral). 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-aprel.
  4. „Уругвай VS. Парагвай 2:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 28-mart). 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
  5. „Германия VS. Парагвай 3:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 14-avgust). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
  6. „Уругвай VS. Парагвай 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 4-iyul). 2015-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  7. „Парагвай VS. Ямайка 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 16-iyun). 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  8. „Аргентина VS. Парагвай 2:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 13-iyun). 2015-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  9. „Аргентина VS. Парагвай 6:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 30-iyun). 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  10. „Коста-Рика VS. Парагвай 0:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 4-iyun). 2016-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  11. „США VS. Парагвай 1:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 12-iyun). 2016-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  12. „Колумбия VS. Парагвай 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 8-iyun). 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.