Kontent qismiga oʻtish

Miguel Gutiérrez (futbolchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Miguel Gutiérrez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Miguel Gutiérrez Ortega
Tavallud sanasi 2001-yil 27-iyul (2001-07-27) (24 yosh)
Tavallud joyi Madrid, Ispaniya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi chap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Girona
Raqami 3
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006–2011 Getafe
2011–2020 Real Madrid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020—2022 Real Madrid B 31 (3)
2021—2022 Real Madrid 9 (0)
2022— Girona 87 (5)
Milliy terma jamoa
2017—2018 Ispaniya U-17 11 (2)
2018—2019 Ispaniya U-18 5 (1)
2018—2019 Ispaniya U-19 11 (1)
2021—2023 Ispaniya U-21 2 (0)
2024 Ispaniya U-23 5 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15-avgust uchun)

Miguel Gutiérrez Ortega (2001-yil 27-iyulda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Girona“ klubi chap qanot himoyachisi.

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniyaning Madrid shahrida tugʻilgan Gutiérrez faoliyatini dastlab „Getafe“ klubida boshlagan va keyinchalik 2011-yilda „Real Madrid“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2017-yil iyul oyida „Manchester United“ning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi José Mourinho unga qiziqish bildiradi ammo 16 yoshli futbolchining oʻzi ispan klubi safida qolishni tanlagan[1][2][3].

2019-yilning yozida Gutiérrez yangi kelgan Ferland Mendyning jarohatidan soʻng murabbiy Zinedine Zidane tomonidan Audi Cup turnirida ishtirok etish uchun asosiy jamoa tarkibiga kiritildi. Keyinchalik u 2001-yilda tugʻilgan „Real Madrid“ akademiya futbolchilaridan asosiy jamoaga jalb qilingan ilk futbolchi aylandi[4].

U 2021-yilning 21-aprelida „Real Madrid“ jamoasining „Cádiz“ga qarshi kechgan oʻyinida debyut qilgan[5][6]. U ilk startini esa shu yilning 15-mayida boʻlib oʻtgan „Granada“ klubiga qarshi bahsda oʻtkazgan va yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozongan[7].

2022-yilning 5-avgustida Gutiérrez „Girona“ jamoasi bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi[8][9], „Real Madrid“ esa futbolchi sotuvidan keladigan kelasi foydadan 50%ini oʻziga olishi belgilab qoʻyildi[10]. U klubdagi debyutini 2022-2023-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida oʻtkazdi. Futbolchi „Valencia“ga qarshi kechgan bahsning 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi[11]. 2023-yilning 4-martida Gutiérrez „Girona“ tarkibidagi ilk golini oʻzining sobiq jamoasi „Getafe“ga qarshi bahsda kiritdi. 2023-yilning 11-dekabrida uning jamoasi „Barcelona“ga qarshi safarda 4:2 hisobida gʻalaba qozondi[12]. Bu klubing tarixdagi Kataloniyaliklar ustidan qozongan ilk gʻalabasi edi[13].

2024-yil 15-avgust holatiga koʻra[14]
Klub Mavsum Liga Mahalliy kubol Mintaqaviy Boshqa Umumiy
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Real Madrid Castilla 2020–2021 Segunda División B 15100151
2021–2022 Primera División RFEF 162162
Umumiy 31300313
Real Madrid 2020–2021 La Liga 6000000060
2021–2022 La Liga 3000100040
Umumiy 90001000100
Girona 2022–2023 La Liga 34220362
2023–2024 La Liga 35250402
2024–2025 La Liga 1000000010
Umumiy 704700000774
Umumiy 11077010001187
  1. Connor, Lee „Report: Spurs boss Mourinho wants to sign Real Madrid's Miguel Gutierrez“ (en-US). The Boot Room (2021-yil 31-mart). Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  2. Owen, Danny „Report: Mourinho target doesn't want Tottenham move; snubbed Manchester United in 2017“ (en-GB). HITC (2021-yil 30-mart). Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  3. Spence, Liam. „Man Utd transfer news: Miguel Gutierrez snubs offer in favour of Real Madrid stay – report“. Daily Express (2017-yil 20-iyul). Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  4. Lara, Miguel Ángel. „Miguel Gutierrez makes history with Real Madrid“. Marca (2019-yil 1-avgust). Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  5. Bell, Arch. „Benzema boosts Real Madrid to the top of the table“ (en). Marca (2021-yil 21-aprel). Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  6. „Karim Benzema hits brace as Real Madrid ease past Cadiz and go top of La Liga“. eurosport.com (2021-yil 21-aprel).
  7. „Real Madrid beat Granada 4–1 to kepp La Liga title ambition alive“. football-espana.net (2021-yil 13-may).
  8. „Official Announcement: Miguel Gutiérrez | Real Madrid CF“. Real Madrid CF. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  9. „Miguel Gutiérrez's left back arrives in Girona“. Girona FC (2022-yil 5-avgust). Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  10. Forjanes, Carlos „Real Madrid to let Miguel Gutiérrez go“. Diario AS (2022-yil 18-iyul). Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  11. Pico, Diego. „El Valencia gana con el espíritu Gattuso“ (es). MARCA (2022-yil 14-avgust). 2022-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.
  12. Hernández, Javier. „El Girona paga la fiesta“ (es). Diario AS (2023-yil 4-mart). 2023-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.
  13. „Girona stun Barça 4–2 away to restore LaLiga lead“. Reuters (2023-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
  14. Miguel Gutiérrez Soccerway saytida