Migren

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Migren
Migraine.jpg
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos nevrologiya
OMIM 157300
DiseasesDB 8207
MedlinePlus 000709
eMedicine neuro/517 emerg/230 neuro/529/topic{{{eMedicineTopic}}}.htm neuro/218 neuro/517 emerg/230 neuro/529/{{{eMedicineTopic}}}
Patient UK Migren
MeSH D008881


Migren (frans. migraine), miya ogʻrigʻi, gemikraniya — oʻqtin-oʻqtin tutadigan bosh ogʻrigʻi. Aksari ayollarda uchraydi. Kasallikka, asosan, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi, koʻpincha, oilada va naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik sabab boʻladi. M. aksari balogʻatga yetish davrida kuzatiladi. Kasallik xuruji, odatda, asabiylashish natijasida yoki oʻta charchash oqibatida roʻy beradi. Xurujning tutish muddati, uning ogʻirengilligi yosh ulgʻayishi bilan oʻzgaradi. Bu — turmush tarziga, mehnat va dam olish rejimiga rioya etmaslik, muntazam ovqatlanmaslik, chekish, shovqin, ravshan yorugʻlikka, xotinqizlarda esa hayz sikliga bogʻliq. Xuruj oldidan bemor, koʻpincha, tashnalik, ochiqish sezadi, kayfiyati oʻzgaradi, mudroq bosadi va h.k. Ogʻriq tutganda koʻz oldi jivirlab, har xil narsalar koʻrinadi.

M.da, odatda, har doim boshning oʻng yoki chap yarmi (koʻpincha, chakka qismi) ogʻriydi, bosh aylanadi, yoruqqa qaray olmaydi, bemorning koʻngli aynib, qayt qiladi, shundan keyin ogʻriq bir oz bosiladi.

M. xuruji 2—3 soatdan bir necha sutkagacha choʻzilishi mumkin. Xurujlar oʻrtasidagi davrda bemor butunlay sogʻlom boʻladi. M.ning miyacha (asinergiya va boshqalar) va koʻzga aloqador (diplopiya, ptoz) xillari bor.

Davosi: qon tomirlarni kengaytiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi preparatlar, shuningdek, fizioterapiya va yena sanchib davolash buyuriladi. Bemor vrach nazorati ostida davolanishi lozim.[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Migren belgilarining birinchi ta'rifi qadimgi Misrda miloddan avvalgi 1500 yillarda yozilgan Ebers papirusida topilgan[2]. Miloddan avvalgi 200-yilda Gippokrat tibbiyot maktabining yozuvlarida bosh og'rig'idan oldin bo'lishi mumkin bo'lgan vizual aurani va qusishdan keyin qisman yengillikni tasvirlab berdi[3]. II asrda Kapadokiyalik Aretey bosh og'rig'ini uch turga ajratdi: sefalhalgiya, sefaliya va geterokraniya. "Migren" so'zi kelib chiqqan "gemikraniya" (yarim bosh) atamasi Pergamlik Galen tomonidan kiritilgan[4]. Shuningdek, u og'riq paydo bo'lishi miyaning membranalari va boshning qon tomirlari bilan bog'liqligini taklif qildi. 1887 yilda frantsuz kutubxonachisi Lui Hyacinthe Tomas birinchi marta bugungi kunda ham qo'llanilayotgan migrenning ikki turini aniqladi: aurali migren ( migren oftalmik ) va aurasiz migren ( migren vulgaire )[5]. Miloddan avvalgi 7000-yilda trepanatsiya - bosh suyagidagi teshiklarni ataylab burg'ulash qo'llanilgan[6]. Ko'pgina bemorlar infektsiya tufayli bunday protseduradan keyin vafot etgan[7]. Shu tarzda "yovuz ruhlar ozod qilinadi" deb ishonishgan[8]. XVII asrda Uilyam Xarvi migrenni davolash uchun trepanatsiyani tavsiya qildi[9]. Migrenni davolashning ko'plab usullari sinovdan o'tkazilganiga qaramay, faqat 1868 yilga kelib haqiqatan ham samarali ekanligi isbotlangan moddadan foydalanila boshlandi[10]. Bu ergotamin qo'ziqorini bo'lib, undan 1918 yilda ergotamin ajratilgan. Metisergid birinchi triptanni 1959 yilda, sumatriptanni 1988 yilda ishlab chiqgan.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Migren juda keng tarqalgan kasallik bo‘lib, xurujsimon bosh og‘riq (ko‘pincha boshning bir tomonida)bilan birga qusish va teri rangining oqarishi

bilanxarakterlanadi.Migren 6 % aholi o‘rtasida uchraydigan kasallik, ko‘proq xotin-qizlarda kuzatiladi, asosan, nasldan autosom — dominant xilida o‘tadi.

Kasallik kelib chiqish sababi miyadagi qontomirlarning disfunksiyasidir.

Bular 4 fazaga bo‘linadi:

1) qontomirlarining qisilishi;

2) qontomirlarining kengayishi;

3) qontomirlarining devorlarida shish paydo bo‘lib, mo‘rt bo‘lib qolishi;

4) orqaga qaytish fazasi.

Migrenning kelib chiqish sabablari: miya qontomirlaridagi o‘zgarishlarga bosh miyadagi bosim oshishi va biokimyoviy o‘zgarishlar, ya’ni serotonin, gistamin, asetilxolinning ko‘payishi, bular qontomirlarning o‘tkazuvchanligini oshirib yuboradi. Natijada bosh miya va uning pardalaridagi miya qontomirlari shisha boshlaydi. Bu kasallik,asosan, balog‘atga yetgandan keyin ko‘proq uchraydi. Kasallik boshlanishidan oldin aura, ya’ni dastlabki belgilar paydo bo‘ladi. Bularda ko‘z oldida har xil narsalarning paydo bo‘lishi, qo‘l va oyoqlarda sovuq qotish, har xil paresteziya kuzatiladi. Xuruj qattiq bosh og‘riq bilan boshlanib, boshning yarmida ko‘proq

chakka qismida, ko‘zlarda, peshona — ensa qismida bo‘ladi. Og‘riq qattiq bo‘lib, bemor yorug‘likka, tovushga nisbatan bezovta bo‘ladi. Bemorning kayfiyati yomon bo‘lib, bir o‘zi qorong‘ilikda yotishga harakat qiladi. Xuruj vaqtida ko‘ngil aynishi, yuzi, ko‘zlari qizargan bo‘lib, xuruj qusish bilan yakunlanadi. Bemor uxlashga harakat qiladi. Xuruj vaqtida mahalliy miya belgilari topilmaydi, faqat vegetativ asab tizimida o‘zgarishlar bo‘ladi. Xuruj bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi.

Migrenning turlari:

1. Ko‘z xilida ko‘z oldida har xil narsalar paydo bo‘ladi. Bunda ko‘z oldi tuman bilan qoplanib, bosh og‘riq xuruji bilan o‘tadi. Bu xuruj 6 soatgacha davom etadi.

2. Oddiy xili 85 %gacha uchraydi. Bu xuruj 1 soatdan 1—2 kungacha davom etadi. Bunda bemorning kayfiyati yomonligi, bezovtalik, ish qobiliyatining pasayishi, uyquchanlik, tez jahl chiqishi bilan birga bosh og‘riq ko‘proq ertalablari bo‘lib o‘tadi.

3. Assotsiyalashgan migrenda esa bosh og‘riq bilan birga ko‘proq miya belgilari kuzatiladi. Bunda III juft kbm nervining zararlanishi bilan birga gemiplegiya, ataksiya va nutq buzilishlari kuzatiladi.

4. Qorin shakli ko‘proq bolalarda bo‘lib, kindik atrofidagi og‘riq, qo‘l-oyoqlarda sovuq qotish, bezovtalik, bosh og‘riq qorindagi og‘riq bilan kechadi. Bunda bemorlarning ich ketishi kuzatiladi.

5. Vestibular xilida bosh og‘riq xuruji vistibular ataksiya, bosh aylanish, tura olmaslik, yura olmaslik belgilari bilan kechadi.

Davosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Migren xurujida og‘riq paydo bo‘lganda, bemorni qorong‘i xonaga tinch yotqizib qo‘yish, oyoqlariga issiq isitgichlar, ensa sohasiga xantal qo‘yish, issiq shirinchoy ichirish kerak. Xuruj paytida bemorning ahvolini yaxshilash maqsadida boshiga iliq, ba’zi hollarda sovuq kompresslar qo‘yiladi. Ba’zan boshni issiq suvga yuvish, ro‘mol bilan o‘rash, oyoqlarga issiq vannalar qabul qilish yaxshi yordam beradi. Og‘riq qoldiruvchi dorilardan aspirin, baralgin, sitramon, tinchlantiruvchi dorilar; qontomirlarini kengaytiruvchi dorilar papaverin, noshpa tavsiya etiladi. Xuruj vaqtida glukoza 40 % 20 ml tomir ichiga yuboriladi, strofantin, vitamin B6, qusishga qarshi torekan 1,0 ml teri ostiga, sirukal, etaperazin, triftazin, galoperidol buyuriladi. Ergotamin gidrotartrat 0,001 g til ostiga 20 daqiqadan keyin qaytalash, bir kunda 3 ta tabletkadan oshmasligi kerak, digidroergotamin 0,1 % 15—20 tomchidan ichishga, kofetamin 1 tabletkadan 3 mahal ichishga buyuriladi. Og‘ir xurujlarda furosemid, prednizolon; yallig‘lanishga qarshi ibuprofen,indometatsin, naproksen, nimesil 100 mg dan kuniga 2 mahal, dilseron ichishga beriladi. Xuruj orasida sinnarizin 0,025 g bir tabletkadan 3 mahal 3 oygacha, metisergit 1/4 yoki 1/2 tabletkadan ovqatdan keyin ichishga beriladi. Bundan tashqari, nikotin kislotasi, kavinton, sermion, 1 ta tabletkadan 3 mahal buyuriladi. Dam olish, ertalabki badantarbiya, toza havoda sayr qilish, ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish zarur. Kechasi yotishdan oldin oyoqlarni iliq suvda vanna qilish kerak. Zararli odatlar—ichish va chekishni tashlash tavsiya etiladi.

Kvinke shishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alohida kasallik sifatida 1882-yilda Kvinke tomonidan aniqlangan. Shish birdaniga paydo bo‘ladi, asosan, yoshlarda yuzda qo‘loyoqlarda, ko‘pincha, lablarda, qoshda, qo‘l panjalarida paydo bo‘ladi.

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayrim ovqatlari iste’mol qilganidan keyin kelib chiqadi. Har xil yoqmagan ovqatlardan keyin allergen sifatida paydo bo‘ladi. Bu kasallikning kelib chiqishida qontomirlari o‘tkazuvchanligining buzilishi, limfa ishlab chiqishi buziladi, ya’ni ko‘payadi. Shuning natijasida atrofda shish paydo bo‘ladi.

Klinik manzarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bemorda birdaniga labida, ayniqsa, tepa labida shish paydo bo‘ladi, bir necha daqiqa ichida kattalashadi, rangi sariq, barmoq bilan qattiq bosganda izi qolmaydi. Ba’zan butun yuzga shish tarqaladi. Bemor o‘sha shish bo’lgan joyda og‘irlik sezadi, biroz qichish paydo bo‘lada. Shunaqa shishlar qo‘llarda, oyoqlarda tanada ham kuzatiladi. Agar qizilo‘ngachda shish paydo bo‘lsa, bemorning yutinishi qiyin bo‘ladi, tomoqda bo‘lsa, ovoz o‘zgaradi, xirillagan nafas eshitiladi. Ichki a’zolarda ham shish bo‘lishi mumkin. Ichak, oshqozonda shish paydo bo‘lsa, kasallik og‘ir o‘tadi. Bosh miyada shish hosil bo‘lsa, unda meningial belgilar paydo bo‘ladi. Bunda bemorda birdaniga bosh og‘riq, qusish va qaltirash belgilari paydo bo‘ladi. Kvinke shishi davolanmasa, shish bir necha soatdan bir necha kungacha saqlanishi mumkin[11].

Davosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shishni keltirib chiqaruvchi allergenni to‘xtatish kerak. Buning uchun kalsiy xlor yoki kalsiy glukonat 5—10 % 5,0—10,0 ml tomir ichiga sekinlik bilan yuboriladi. Antigistaminlardan tavegil, diazolin, dimedrol, suprastin, og‘ir hollarda gormonlar berish zarur.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Miller, Neil Walsh and Hoyt's clinical neuro-ophthalmology. — 6. — Philadelphia, Pa.: Andoza:Нп3, 2005. — С. 1275. — ISBN 9780781748117
  3. Borsook, David The migraine brain : imaging, structure, and function. — New York: Oxford University Press, 2012. — С. 3—11. — ISBN 9780199754564
  4. Steven D. Waldman Pain management. — 2. — Philadelphia, PA: Andoza:Нп3, 2011. — С. 2122—2124. — ISBN 9781437736038
  5. Borsook, David The migraine brain : imaging, structure, and function. — New York: Oxford University Press, 2012. — С. 3—11. — ISBN 9780199754564
  6. Miller, Neil Walsh and Hoyt's clinical neuro-ophthalmology. — 6. — Philadelphia, Pa.: Andoza:Нп3, 2005. — С. 1275. — ISBN 9780781748117
  7. Margaret Cox; Simon Mays Human osteology : in archaeology and forensic science. — Repr.. — Cambridge [etc.]: Cambridge University Press, 2002. — С. 345. — ISBN 9780521691468
  8. Colen, Chaim Neurosurgery. — Colen Publishing, 2008. — С. 1. — ISBN 9781935345039
  9. Daniel, Britt Talley Migraine. — Bloomington, IN: Andoza:Нп3, 2010. — С. 101. — ISBN 9781449069629
  10. Borsook, David The migraine brain : imaging, structure, and function. — New York: Oxford University Press, 2012. — С. 3—11. — ISBN 9780199754564
  11. X. Q. Shodmonov, X. Sh. Eshmurodov O. T. Tursunova. ASAB VA RUHIY KASALLIKLAR. «Bilim» nashriyoti, 2004.