Microsoft 365
{{{nom}}} | |
![]() | |
Office 365 app logos.svg {{{screenshot izohi}}} | |
Ishlab chiqaruvchi | Microsoft |
---|
Microsoft 365 — Microsoftga tegishli boʻlgan foydali dasturlar jamnlanmasidir, hamkorlik va bulutga asoslangan xizmatlarning mahsulot oilasining biri. U Outlook.com, OneDrive, Microsoft Teams kabi onlayn xizmatlarni qiladigan dasturlar, bu dastur ilgari Microsoft Office nomi ostida sotilgan dasturlarni (shu jumladan Microsoft Windows, macOS, mobil qurilmalar va internetdagi Word, Excel, PowerPoint va Outlook kabi ilovalarni) qamrab oladi., Exchange Server, SharePoint va Yammer kabi ushbu mahsulotlar bilan bog'liq korporativ mahsulotlar va xizmatlarni ham bajara oladi. Hamda , u ushbu dasturlarni, jumladan, ish stoli va mobil dasturiy ta'minotga obunaga asoslangan litsenziyalarni hamda joylashtirilgan elektron pochta va internet xizmatlarini o'z ichiga olgan obuna rejalarini qamrab oladi.
Office 365 brendingi 1-marta 2010-yilda obunaga asoslangan dasturiy ta'minotni korporativ bozor uchun xizmat ko'rsatish platformasi no`lib xizmat qila boshlagan, jumladan Exchange, SharePoint va Lync Server va Internetdagi Office kabi joylashtirilgan xizmatlarga murojaat qilish uchun taqdim etilgan. Ba'zi rejalar Microsoft Office 2010 dasturiy ta'minoti uchun litsenziyalarni ham o'z ichiga olgan. Office 2013-ning chiqarilishidan so'ng, Microsoft xizmatni Microsoft Office to'plamining asosiy tarqatish modeli sifatida targ'ib qildi, OneDrive va Skype kabi xizmatlar bilan integratsiyalashgan mijozlarga yo'naltirilgan rejalarni uladi va davomli funksiya yangilanishlarini aytib o`tdi, litsenziyalar, bu erda yangi versiyalar yangi litsenziyani sotib olishni talab qiladi va funksiya yangilanishlarini olmaydi).
2017-yil iyulida Microsoft korporativ bozor uchun Office 365-ni Windows 10 Enterprise hajmli litsenziyalari va bulutga asoslangan boshqa xavfsizlik va qurilmalarni boshqarish mahsulotlarini birlashtirgan Microsoft 365 deb nomlanuvchi obuna xizmatlarining ikkinchi brendini taqdim etdi. 2020-yil 21-aprelda Office 365 Microsoft 365 deb rebrend qilindi, bu esa Microsoft Office asosiy dasturiy taʼminotlari oilasidan tashqarida boʻlgan mahsulotlar va xizmatlarni joriy etishni taʼkidladi. Office 365 mahsulotlarining aksariyati o'sha kuni Microsoft 365 deb o'zgartirildi.[1] 2022-yil oktabr oyidan Microsoft, 2023-yil yanvarigacha “Microsoft Office” brendini toʻxtatishini eʼlon qildi, uning aksariyat mahsulotlari va onlayn unumdorlik xizmatlari asosan “Microsoft 365” brendi ostida sotila boshladi.
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Office 365 sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Microsoft Office 365 ni ilk marta 2010-yil oktabr oyida bazi tashkilotlar bilan shaxsiy beta- versiyasidan, 2011-yil aprelida esa ommaviy beta-versiyasigacha keldi va 2011-yil 28-iyunida umumiy foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi. Dastlab korporativ foydalanuvchilarga moʻljallangan. Google'ning shunga o'xshash Google Apps xizmati bilan kuchayib borayotgan raqobatga duch kelgan Microsoft Office 365 platformasini o'zining mavjud onlayn xizmatlarini "birlashtirdi'' va "har doim dolzarb bo'lgan xizmat"ga aylantira oldi.Dastlab kichik biznes va korxonalar uchun rejalar ishga tushirildi. Kichik biznes-reja Exchange elektron pochtasi, SharePoint Online, Lync Online, SharePoint orqali veb-xosting va Office veb-ilovalarini kiritdi, korporativ reja Office 2010 Professional Plus dasturiy ta'minoti va 24/7 telefon orqali qo'llab-quvvatlash uchun har bir foydalanuvchi litsenziyalarini ham qo'shdi.[2][3] Xizmat rasmiy ishga tushirilgandan so‘ng Business Productivity Online Suite mijozlariga BPOS’dan Office 365 platformasiga o‘tishlari uchun 12 oy vaqt belgilab berildi.[4]
Office 2013- ning chiqarilishi bilan Office 365 platformasining yangilangan versiyasi 2013-yil 27-fevralda ishga tushirildi, u Office 365-ni turli bizneslarga yangi rejalarini, shuningdek, barcha isteʼmolchilar uchun yangi rejalarni, jumladan, imtiyozlarni oʻz ichiga olgan holda kengaytirdi. OneDrive ga o`xshash Microsoft iste'mol xizmatlari (uning Office bilan integratsiyalashuvi 2013-yilgi to'plamning asosiy xususiyati edi).[5] Server komponentlari tegishli 2013-yil versiyalariga yangilandi va Microsoft Office 365 xizmatini Small Business Premium, Midsize Premium va Pro Plus kabi yangiliklar bilan kengaytirdi.[6] Xonadon foydalanuvchilariga mo‘ljallangan yangi Office 365 Home Premium rejasi beshtagacha kompyuterlar uchun Office 2013 to‘plamidan foydalanish imkoniyatini, shuningdek kengaytirilgan OneDrive xotirasi va har oy 60 daqiqa Skype qo‘ng‘iroqlarini taklif qiladi. Reja asosiy iste'molchilarga, ayniqsa Office-ni bir nechta kompyuterlarga o'rnatmoqchi bo'lganlarga qaratilgan.[7][8] Talabalar uchun mo'ljallangan Universitet tarifi joriy etildi. Ushbu yangi tariflar bilan Microsoft Office 2013 ning oddiy, doimiy litsenziyalangan nashrlari bilan bir qatorda chakana savdo nuqtalari orqali Office 365 obunalarini taklif qilishdi (ular faqat bitta kompyuterda foydalanish uchun litsenziyalangan va xususiyat yangilanishlarini olmaydi).[9][10]
Microsoft 365 sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Korxonalar uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]
“Microsoft 365” nomi birinchi marta 2017-yil iyulida Microsoft Inspire’da korporativ obuna mahsuloti sifatida taqdim etilgan edi, u 2016-yilda chiqarilgan “Secure Productive Enterprise” xizmatlaridan keyin va Windows 10 Enterprise’ni Office 365 Business Premium va Enterprise Mobility + Security tarif rejalari bilan birlashtirgan. Advanced Threat Analytics, Azure Active Directory, Azure Information Protection, Cloud App Security va Windows Intune larni o'z ichiga olgan to'plam hisoblanadi. Microsoft 365 Microsoft va uning boshqa xizmatlarini sotuvchi tarmoqlari orqali sotiladi.[11][12]
Onlayn xizmatlar va ilovalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ayrim Microsoft 365 onlayn xizmatlaridan obuna bo`lmasdan turib siz undan foydalanishingiz mumkin, lekin reklama va pastroq saqlash cheklovlari kabi cheklovlar bo`lishini inobatga oling.
- Outlook.com, dastlab Hotmail sifatida ishlagan onlayn veb-pochta xizmati, shuningdek, odamlar manzillari kitobi va kalendarni o'z ichiga oladi.
- OneDrive, onlayn fayllarni saqlash tizimli xizmati.
- Internetda Office, Word, Excel va PowerPoint ning ayrim versiyalarini jamlagan; ular, birinchi navbatda, Google Docs kabi xizmatlar bilan raqobatlasha oladi.
- Microsoft Teams, biznes aloqa platformasi .
- To Do, vazifalarni boshqarish ilovasi.
- <b id="mwATE">ClipChamp</b>, onlayn video muharriri .[13]
- Skype, lahzali xabar almashish va VOIP xizmatlarini taqdim etadi.
- Microsoft Family Safety - bu ota-ona nazoratini birlashtirgan xizmat bo'lib, u Windows, Android, iOS va Xbox qurilmalarida veb-filtrlash, vaqt cheklovlari, joylashuvni almashish va boshqa xususiyatlar uchun bemalol ishlatilishi mumkin.[14][15]
Obuna rejalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Microsoft 365 dasturida ko`pgina insoniy ehtiyojlar va savdo sohasi uchun mo'ljallangan obuna rejalari bor, bu turli xil narxlarda turli xil xususiyatlar to'plamini taqdim etadi.[16][17] Microsoft, shuningdek, o'z professor-o'qituvchilari uchun Office dasturlarini litsenziyaga ega bo'lgan muassasalar talabalariga Office 365 obunalarini taklif qildi.[18][19]
Kichik biznes[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Biznes uchun Microsoft 365 ilovalari: har bir foydalanuvchi uchun beshta kompyuter, planshet va smartfon uchun Windows, Mac va mobil platformalar uchun Office ilovalarini taklif qiladi.
- Microsoft 365 Business Basic: kichik va o'rta biznes uchun mas`ul bo`la oladi. U Office 365 veb-ilovalarini birlashmasi: Word, Excel, Outlook, PowerPoint, OneNote, shuningdek Exchange, Teams, SharePoint, OneDrive, Forms va 1 TB bilan Visio.
Ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Microsoft 365 Education[20]
Boshqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 21Vianet tomonidan boshqariladigan Office 365 : Microsoft Xitoydagi mijozlariga Office 365 xizmatlarini taqdim etish uchun 21Vianet litsenziyasini ola oldi. Microsoft Xitoyda Office 365 bilan umuman ishlamaydi; Buning o'rniga, 21Vianet qiladi. Xizmat boshqa joylarda taqdim etilgan xizmatdan ko`pgina yaxshi xususiyatlari bilan farq qiladi.[21]
- ↑ „Microsoft Office 365 is a part of Microsoft 365“ (en-us). www.microsoft.com. 22-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-oktyabr 2020-yil.
- ↑ Motal. „Microsoft Office 365 Launching June 28th“. PC Magazine. Ziff Davis (6-iyun 2011-yil). 15-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-mart 2013-yil.
- ↑ „Microsoft takes aim at Google Apps with Office 365“. Network World. 1-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-mart 2013-yil.
- ↑ „BPOS Customers Face Transition to Office 365“. PC World. 3-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-iyun 2013-yil.
- ↑ „Office 2013 vs. Office 365: Should you buy or rent?“. 12-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-mart 2013-yil.
- ↑ Gallagher. „Microsoft Office 2013 Pro released to the masses, Office 365 updated“. Ars Technica. Condé Nast (27-fevral 2013-yil). 22-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-fevral 2021-yil.
- ↑ Gallagher. „Review: Microsoft Office 365 Home Premium Edition hopes to be at your service“. Ars Technica. Condé Nast (29-yanvar 2013-yil). 28-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-fevral 2021-yil.
- ↑ Perez. „Office 365 for businesses gets upgraded, new bundles added“. Computerworld. IDG (27-fevral 2013-yil). 14-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-fevral 2021-yil.
- ↑ „Office 2013 available now: Microsoft ditches DVDs in push for cloud subscriptions“. The Verge (29-yanvar 2013-yil). 9-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-mart 2013-yil.
- ↑ Cunningham. „32 years in, Microsoft has decided to rebrand 'Microsoft Office'“. Ars Technica. Condé Nast (13-oktyabr 2022-yil). 13-oktyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Foley. „Microsoft wraps cloud subscription services into new Microsoft 365 bundles“ (en). ZDNet. 9-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-mart 2020-yil.
- ↑ Foley. „Microsoft follows Office 365 licensing model with new 'Secure Productive Enterprise' Windows 10 bundles“ (en). ZDNet. 26-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-mart 2020-yil.
- ↑ Perez, Sarah. „Microsoft acquires video creation and editing software maker Clipchamp“. TechCrunch (8-sentyabr 2021-yil). Qaraldi: 5-aprel 2022-yil.
- ↑ Warren. „Microsoft launches new Family Safety app for iOS and Android“ (en-US). The Verge (28-iyul 2020-yil). 14-oktyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „Microsoft Family Safety Review“ (en). PCMAG. 14-oktyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „Is Office 365 Right for your Business“. Everon Technology. 15-oktyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-oktyabr 2011-yil.
- ↑ „Office 365 Home Premium“. Microsoft. Qaraldi: 8-mart 2013-yil.
- ↑ Mariella Moon. „Microsoft gives eligible students free Office 365 subscriptions“. Engadget (25-fevral 2015-yil). 26-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.
- ↑ Mark Hachman. „Microsoft rolls out free Office for students, worldwide“. PC World (24-fevral 2015-yil). 26-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.
- ↑ Kemp. „An avenue for the digital empowerment of SA’s youth“ (en-US). News24. 8-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Learn about Office 365 operated by 21Vianet“. office.com. 22-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-yanvar 2016-yil.