Ivan Michurin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Michurin Ivan Vladimirovichdan yoʻnaltirildi)

Ivan Vladimirovich Michurin [1855.15(27).10, Ryazan viloyati, Pronsk tumani — 1935.7.6, Tambov viloyati Michurinsk shahri] — rus amaliyotchi seleksioneri, Rossiyada mevali, rezavor mevali va boshqa oʻsimliklar ilmiy seleksiyasi asoschisi. VASXNIL akademik (1935). Maxsus maʼlumoti boʻlmagan. Dastlab temir yoʻl xizmatchisi, soatsoz boʻlib ishlab, boʻsh vaqtlarida bogʻdorchilik bilan shugʻullangan. 1875-yil Kozlov shahri (hozirgi Michurinsk)da 500m2 cha yerni ijaraga olib, oʻsimliklar kolleksiyasini toʻplash va duragaylash usuli bilan mevali, rezavor mevali oʻsimliklarning yangi navlarini yetishtirish ustida ish boshladi. 1899-yil shahar chetidan 13 ga chamasi yer olib, umrining oxirigacha shu joyda yashadi, ishladi.

1928-yilda M.ning tajriba bogi bazasida davlat seleksiya-genetika stansiyasi tashkil etildi (1934-yildan Michurin nomidagi Markaziy genetika labratoriya). Michurin chatishtirish uchun dastlabki shakllar tanlash nazariyasini, geografik uzok, shakllarni duragaylashning nazariy asoslarini, chatishtirishdagi nomuta-nosibliklarni bartaraf etish usullarini yaratdi va baʼzi amaliy usullarni qoʻlladi. 300 dan ortiq meva va rezavor mevalar navlarini yaratish va takomillashtirishga erishdi. Michurin yaratgan olma, nok, olcha va boshqa mevali daraxtlarning koʻpgina navlari Oʻzbekistonda ham rayonlashtirilgan. Michurin tok, oʻrik, gilos, behi va boshqalar janub oʻsimliklarini shim. hududlarda oʻstirish ishiga asos solgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Itogi shestidesyatiletnix rabot, M., 1950; Tanlangan asarlar, T., 1961.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Azizov P. B., I. V. Michurin — buyuk rus olimi, biologi, T., 1955.



,