Michelle Akers

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Michelle Akers (inglizcha: Michelle Akers)-amerikalik futbolchi.1966-yil 1-fevralda Kaliforniya shtatining Santa-Klara shahrida tugʻilgan.AQSH terma jamoasi tarkibida Olimpiada oʻyinlari chempioni.Amerika futbol o'yinchilari assotsiyasini yaratishning asosiy tashabbuskorlaridan biri, shuningdek, 1999-yilda AQShning gʻalabasi bilan yakunlangan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi.Milliy futbol shon-sharaf zali aʼzosi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Kaliforniyaning Santa-Klara shahrida Robert va Anna Akers oilasida tugʻilgan. Sietl chekkasida katta boʻlgan.Shocrest oʻrta maktabini tamomlagan.Maktabni bitirguncha uch marta All America sifatida tanlangan.

Keyin Akers Markaziy Florida universitetiga oʻqishga kirdi.U yerda Milliy atletika talabalari assotsiatsiyasi tomonidan 4 marta All America sifatida tanlangan.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yil avgust oyida Akers AQShning birinchi ayollar milliy terma jamoasida oʻynadi.Toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli u birinchi oʻyinda maydonga tusha olmadi.Biroq u Germaniyaga qarshi ikkinchi o‘yinda maydonga tushib ikkinchi golni urdi.Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Akers 1985-1990-yillar oraligʻida AQSH terma jamoasi safida 24 oʻyinda 15 ta gol urdi va 1991-yilgi mavsumda 26 oʻyinda 39 ta gol urib, jamoa rekordini oʻrnatdi.1990-1991-yillarda AQSh ayollar futbol assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi sportchisi deb topilgan.Shuningdek u 1991-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 10 ta gol urdi shu jumladan bitta oʻyinda 5 ta gol urib eng yaxshi toʻpurar boʻlgan.Bu AQSh ayollar futbol jamoasiga finalda Norvegiyani 2:1 hisobida magʻlub etib, birinchi jahon chempioni boʻlish imkonini berdi.Ikkala golni ham Akers kiritdi.

1996-yilda Akers yana Atlanta yozgi Olimpiada oʻyinlarida AQSh ayollar terma jamoasida oʻynadi va u yerda yana oltin medalni qoʻlga kiritdi.1998-yil 7-iyun kuni futbol rivojiga qo‘shgan hissasi uchun FIFAning „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni boʻlgan tashkilotning eng nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi.U 1999-yilgi Jahon chempionatida yana milliy terma jamoaga qoʻshildi va gʻalaba qozondi. 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlari oldidan u terma jamoani tark etib, terma jamoa tarixidagi ikkinchi toʻpurarga aylandi (Mia Xemmdan keyin).Terma jamoadagi faoliyati davomida 105 ta gol urdi va 37 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolni tark etgandan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futboldan ketganidan beri Akers oʻyinni targʻib qilishda davom etdi va bir nechta kitoblar yozdi.2002-yilda u xitoylik Sun Ven bilan birga FIFAning XX-asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.2004-yilda u va Xemm 125 ta eng zoʻr oʻyinchilar roʻyxatida yagona ayol boʻlishdi yaʼni Pelening FIFA 100 roʻyxatiga kiritildi.Shuningdek 2004-yilda Akers AQSh Milliy Futbol Shon-sharaf zaliga kiritildi.Hozirda u eri va bolasi bilan Florida shtatining Orlando shimoli-sharqidagi Chaluota shahrida yashaydi.Otlarni qutqarish bilan shugʻullanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]