Michael von der Heide
Michael von der Heide | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1971-yil 16-oktyabr Amden, Shveysariya |
| Janrlar | pop musiqa va swing |
| Kasbi | Xonanda |
| Faoliyat yillari | 1996-hozirgacha |
| Fuqaroligi | Shveysariya |
| Veb-sayt | http://www.michaelvonderheide.ch/ |
Michael von der Heide (1971-yil 16-oktyabr) — shveysariyalik musiqachi, xonanda va aktyor.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Von der Heide olmon millatiga mansub ota va shveysariyalik onaning oilasida dunyoga kelgan.
Eurovision qoʻshiq tanlovi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eurovision qoʻshiq tanlovi 1999
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yilda Von der Heide Germaniyaning milliy saralash bosqichida „Bye Bye Bar“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, yakunda beshinchi oʻrinni egalladi hamda „Eurovision qoʻshiq tanlovi 1999“ Germaniya nomidan qatnashish imkoniyatini qoʻlga kirita olmadi.
Eurovision qoʻshiq tanlovi 2009
[tahrir | manbasini tahrirlash]Von der Heide tanlovda Shveysariya hayʼati aʼzolaridan biri sifatida qatnashgan[1].
Eurovision qoʻshiq tanlovi 2010
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil 18-dekabrda Von der Heide „Eurovision qoʻshiq tanlovi 2010“da „Il pleut de l'or“ taronasi bilan Shveysariya sharafini himoya qilishi eʼlon qilingan[2][3]. U ikkinchi yarim final bosqichida ishtirok etgan, biroq 17 ta ishtirokchi ichida 2 ochko bilan eng oxirgi oʻrinni egallab, final bosqichiga yoʻllanma ololmagan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilda Shveysariya Federal sudi tomonidan Von der Heideni foydasiga 5 000 Shveytsariya franki miqdorida jarima undirib berish haqida qaror chiqarilgan. Sud Syurixda joylashgan „Blick“ nashrining xonandaning musiqiy faoliyati haqidagi maqolalarida gomofobik qarashlar mavjud deb topgan. U oʻz intervyularida shaxsiy hayotini jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilishga ehtiyoj sezmasligini taʼkidlab oʻtgan[4].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Nomi | Chartlardagi eng yuqori oʻrni | ||
|---|---|---|---|---|
| SWI [5] |
AVS | GER | ||
| 1996 | Michael von der Heide | − | − | − |
| 1998 | 30° | 18 | − | − |
| 2000 | Tourist | 5 | − | − |
| 2001 | Hildegard | − | − | − |
| 2002 | Frisch | 44 | − | − |
| 2003 | Helvetia | − | − | − |
| 2005 | 2pièces | 72 | − | − |
| 2008 | Freie Sicht | 39 | − | − |
| 2011 | Lido | 25 | − | − |
| 2015 | Bellevue | 19 | − | − |
| 2016 | Paola | 22 | − | − |
| 2019 | Rio Amden Amsterdam | 24 | − | − |
| 2020 | Echo | 17 | − | − |
| 2021 | Echo (Live) | − | − | − |
| 2023 | Nocturne | 9 | − | − |
| 2024 | Noël Noël | 7 | − | − |
| 2025 | Michael von der Heide singt Knef | 45 | − | − |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Anna, Krasilnikova „Swiss jury gives 12 points to Alexander Rybak“. ESCToday (2009-yil 9-iyun). 2010-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-dekabr.
- ↑ Schacht, Andreas „Michael von der Heide to represent Switzerland“. European Broadcasting Union (2009-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 18-dekabr.
- ↑ Al Kaziri, Ghassan „Michael von der Heide goes to Oslo“. Oikotimes (2009-yil 18-dekabr). 2010-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-dekabr.
- ↑ „Switzerland: Michael Von Der Heide Get's Compensation For Homophobic Coverage – Eurovoix“ (2014-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 10-iyul.
- ↑ „Michael von der Heide“. hitparade.ch. Qaraldi: 2025-yil 8-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Michael von der Heide“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Rasmiy sayti (olmoncha va fransuzcha)