Kontent qismiga oʻtish

Michael Haneke

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Michael Haneke
Tavalludi 23-mart 1942-yil (1942-03-23) (83 yosh)
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Taʼlimi Vena universiteti
Kasbi Kinorejissyor, ssenariychi
Faoliyat yillari 1974–hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Susanne Haneke (turm. 1983)
Otasi Fritz Haneke
Onasi Beatrix von Degenschild

Michael Haneke (1942-yil 23-mart, Myunxen, Germaniya) – avstriyalik kinorejissyor va ssenariychi. Koʻplab nufuzli kinematografik mukofotlar sohibi. Kino bilan bir qatorda, televideniye va teatrda ham ishlagan. Kann kinofestivalining ikki karra „Oltin palma novdasi“ sohibi[1], shuningdek, yetti karra Yevropa kinoakademiyasi mukofoti sovrindori (1993, 2005, 2009 – uch marta, 2012 – ikki marta). „Amour“ (2012) dramasi uchun „Eng yaxshi xorijiy film“ nominatsiyasida „Oscar“ va BAFTA mukofotlariga sazovor boʻldi[2][3][4]. Rejissyorlikdan tashqari, Haneke Vena kino akademiyasida rejissyorlikdan ham dars beradi.

2013-yilda Michael Haneke Asturiya malikasi mukofotini qoʻlga kiritgan.

  1. „Awards 2012“ (en). Cannes Festival. 2017-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-may.
  2. „2012 Official Selection“ (en). Cannes Festival. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
  3. „Cannes Film Festival 2012 line-up announced“. timeout. 2012-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
  4. „Oscars: Hollywood announces 85th Academy Award nominations“ (en). BBC News (2013-yil 10-yanvar). 2013-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-yanvar.