Michael Blunden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michael Blunden
Blunden Columbus Blue Jackets klubida 2009-yil
Tugʻilgan joyi 15-dekabr 1986-yil (1986-12-15) (37 yosh)
Toronto, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 217 lb (98 kg; 15 st 7 lb)
Pozitsiyasi oʻng qanot hujumchisi
Oʻynagan jamoalari Chicago Blackhawks
Columbus Blue Jackets
Montreal Canadiens
Tampa Bay Lightning
Ottawa Senators
HC Bolzano
Schwenninger Wild Wings
NHLga kirish drafti 43-oʻrindagi tanlov, 2005
Chicago Blackhawks
Jamoalardagi faoliyat 2006—2020

Michael Charles Blunden (talaffuzi: Maykl Charlz Blunden) (1986-yil 15-dekabrda tugʻilgan)—kanadalik sobiq professional xokkeychi. Oʻzining professional faoliyati davomida Michael Blunden Milliy Xokkey Ligasida (NHL) „Ottawa Senators“, „Tampa Bay Lightning“, „Montreal Canadiens“, „Columbus Blue Jackets“ va „Chicago Blackhawks“ xokkey klublari bilan 100 dan ortiq oʻyinlarda maydonga tushgan.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Michael Blunden Ontario Xokkey Ligasi vakili „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi safiga 2005-yilda NHLga kirish loyihasida 43-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan edi. Michael Blunden 2006-yil 24-mayda „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[1]. Shartnoma imzolashdan bir necha oy oldin Michael Blunden 2005—2006-yilgi pley-off bosqichida AHLning „Norfolk Admirals“ xokkey klubi („Blackhawks“ klubining shoʻbasi) bilan professional debyut mavsumini oʻtkazdi.

2009-yilning 10-yanvarida Michael Blunden „Blackhawks“ xokkey klubi tomonidan Adam Pineault evaziga „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga almashtirildi[2].

2011-yil 7-iyulda Michael Blunden Ryan Russell evaziga „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubidan „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga almashtirildi[3]. 2012-yilning 1-iyulida „Canadiens“ xokkey klubi Michael Blunden bilan yana bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolashdi.

2014-yil 1-iyulda Michael Blunden „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzolash uchun „Canadiens“ xokkey klubini tark etdi[4].

2015-yil 29-iyunda „Lightning“ klubi Blunden bilan bir yillik ikki tomonlama shartnomani qayta imzolaganini eʼlon qildi. Blunden oʻtgan mavsumda klub bilan 33 oʻyinda maydonga tushib, 13 gol va 22 ochko qayd etdi[5].

Michael Blunden 2016-yil 1-iyulda „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan ikki yillik ikki tomonlama shartnoma imzolash uchun erkin agent sifatida „Lighting“ xokkey klubini tark etdi[6]. Michael Blunden „Ottawa Senators“ xokkey klubilaridagi debyut oʻyinini 2016-yil 9-noyabrda „Buffalo Sabers“ klubiga qarshi oʻtkazdi.

„Senators“ klubi bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, Blunden Shimoliy Amerikani erkin agent sifatida tark etdi va 2018-yil 18-iyulda Italiyaning „HC Bolzano“ xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[7]. Blunden „Bolzano“ klubi bilan mavsumning 38 oʻyinida 33 ochko toʻpladi.

„Bolzano“ klubini tark etganidan soʻng, Michael Blunden 2019-yil 3-aprelda Germaniyaning „Schwenninger Wild Wings“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻldi[8].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Michael Blunden 1986-yil 15-dekabrda Kanadaning Ontario shtati, Toronto shahrida tugʻilgan. Uning Jennifer Blunden ismli bir singlisi va ikkita ukasi, Stephen Blunden va Sean Blunden, bor. Ularning ikkalasi ham xokkeychi hisoblanishadi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga GP Gol Assist Ochkko Penalti GP Gol Assist Ochko Penalti
2001—2002 Gloucester Rangers CJHL 2 0 0 0 2
2002—2003 Erie Otters OHL 63 10 7 17 55
2003—2004 Erie Otters OHL 52 22 17 39 53 3 0 0 0 0
2004—2005 Erie Otters OHL 61 22 19 41 75 2 0 0 0 2
2005—2006 Erie Otters OHL 60 46 38 84 63
2005—2006 Norfolk Admirals AHL 11 1 5 6 2 1 0 0 0 0
2006—2007 Norfolk Admirals AHL 17 4 5 9 15
2006—2007 Chicago Blackhawks NHL 9 0 0 0 10
2007—2008 Rockford IceHogs AHL 74 16 21 37 83 12 1 3 4 35
2007—2008 Chicago Blackhawks NHL 1 0 0 0 0
2008—2009 Rockford IceHogs AHL 37 3 7 10 42
2008—2009 Syracuse Crunch AHL 39 9 12 21 68
2009—2010 Columbus Blue Jackets NHL 40 2 2 4 59
2009—2010 Syracuse Crunch AHL 25 7 9 16 43
2010—2011 Springfield Falcons AHL 37 12 9 21 41
2010—2011 Columbus Blue Jackets NHL 1 0 0 0 0
2011—2012 Hamilton Bulldogs AHL 17 3 5 8 12
2011—2012 Montreal Canadiens NHL 39 2 2 4 27
2012—2013 Hamilton Bulldogs AHL 54 10 12 22 76
2012—2013 Montreal Canadiens NHL 5 0 0 0 4 1 0 0 0 10
2013—2014 Hamilton Bulldogs AHL 68 18 19 37 79
2013—2014 Montreal Canadiens NHL 7 0 0 0 5
2014—2015 Syracuse Crunch AHL 33 13 9 22 28
2014—2015 Tampa Bay Lightning NHL 5 1 0 0 2
2015—2016 Syracuse Crunch AHL 49 21 17 38 68
2015—2016 Tampa Bay Lightning NHL 20 3 2 5 34 7 0 0 0 4
2016—2017 Binghamton Senators AHL 67 14 15 29 57
2016—2017 Ottawa Senators NHL 2 0 0 0 4
2017—2018 Belleville Senators AHL 45 6 10 16 95
2017—2018 Ottawa Senators NHL 1 0 0 0 0
2018—2019 HC Bolzano AUT 38 16 17 33 32 5 2 3 5 33
2019—2020 Schwenninger Wild Wings DEL 49 13 10 23 36
AHL 573 137 155 292 709 13 1 3 4 35
NHL 127 7 6 13 145 8 0 0 0 14

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija GP Gol Assist Ochko Penalti
2003-yil Kanada U18 4 5 1 1 2 8
2006-yil Kanada WJC 1st 6 2 3 5 8
Oʻsmirlar 11 3 4 7 16

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Blackhawks sign Michael Blunden“. hockeysfuture.com (24-may 2006-yil). Qaraldi: 16-noyabr 2008-yil.
  2. „Blue Jackets trade Pineault for Blackhawks' Blunden“. cbssportsline.com (10-yanvar 2009-yil). 2013-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2009-yil.
  3. „Habs acquire Michael Blunden from Columbus in return for Ryan Russell“. Montreal Canadiens (7-iyul 2011-yil). Qaraldi: 7-iyul 2011-yil.
  4. „Lightning sign forward Mike Blunden“. Tampa Bay Lightning (1-iyul 2014-yil). Qaraldi: 1-iyul 2014-yil.
  5. Tampa Bay. „Lightning Sign Mike Blunden to One-Year Contract“. Tampa Bay Lightning (29-iyun 2015-yil). Qaraldi: 30-iyun 2015-yil.
  6. „Senators sign forward Michael Blunden to two-year contract“. Ottawa Senators (1-iyul 2016-yil). Qaraldi: 2-iyul 2016-yil.
  7. „Ex-NHL player Mike Blunden joins the Foxes“ (italyancha). HC Bolzano (18-iyul 2018-yil). Qaraldi: 18-iyul 2018-yil.
  8. „Wild Wings sign Mike Blunden“ (olmoncha). Schwenninger Wild Wings (3-aprel 2019-yil). Qaraldi: 3-aprel 2019-yil. [sayt ishlamaydi]