Magniy oksid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(MgOdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Magniy oksid (kuydirilgan magneziya), MgO —magniyning kislorodli birikmasi. Rangsiz kristall modda. Tabiatda periklaz minerali koʻrinishida uchraydi. Suyuqlanish temperaturasi 2827°, qaynash temperaturasi 3600°, zichligi 3,58 g/sm3. Moos boʻyicha qattiqligi 5—6. Xavodan suv va karbonat angidridni yutib, magniy gidroksid va magniy karbonat hosil qiladi. Suvda deyarli erimaydi. Amorf holdagi Magniy oksid kislotalarda, ammoniy tuzlari eritmalarida, hatto sirka kislotada ham yaxshi eriydi. Magniy oksid 1200°—1600° da qizdirilsa yirik kristallar hosil qiladi. U suvda va kislotalarda erimaydi. Magniy oksid rezina buyumlari olishda, oʻgʻitlarni donadorlashda, neft maqsulotlarini tozalashda, tibbiyotda, magniyli sementlar olishda, qurilish materiallari sanoatida, sunʼiy toshlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil