Mexikali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mexikali — Meksikaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. AQSH chegarasiga yaqin joyda. Kolorado daryosi havzasida. Shim. Quyi Kaliforniya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 764,9 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Sugʻorma dehqonchilik r-nining (paxta, bugʻdoy, sabzavot ekinlari, moyli oʻsimliklar yetishtirish) markazi. Oziq-ovqat, metallsozlik, paxta tozalash, yogʻmoy sanoati korxonalari mavjud. Amerika kompaniyalarining elektrotexnika, radioelektronika va isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi. Un-t bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil