Mexanik bogʻlanishlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mexanik bogʻlanishlar - biror jism yoki jismlar tizimining fazoda siljishini cheklovchi toʻsiqlar. Masalan, jism sirpanayotgan yoki dumalayotgan sirt; yuk osilgan ip; mexanizm zvenolarini bir-biriga bogʻlovchi sharnirlar va boshqa Mexanik tizim nuqtalari vaziyati Dekart koordinatalari xk, uk, zk, (k=l, 2, ..., p, bunda p — tizim nuqtalari soni) bilan belgilansa, ularning vaqt boʻyicha birinchi hosilalari xk, uk, zk tizimi nuqtalarining tezligi boʻladi. Tizim nuqtalarining faqat vaziyati chegaralansa, geometrik Mexanik bogʻlanishlar, tezlik ham chegaralansa, kinematik yoki differensial Mexanik bogʻlanishlar deyiladi va quyidagicha ifodalanadi: f (..., xk, uk, zk, ... xk, uk, zk, ..., t) =0. Bu tenglama vaqt boʻyicha integrallansa kinematik bogʻlanish integrallanuvchi deyiladi va geometrik bogʻlanishga ekvivalent boʻladi. Geometrik va integrallanuvchi kinematik bogʻlanishlar golonomli Mexanik bogʻlanishlar deyiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil