Metamorfik togʻ JINSLARI

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Metamorfik togʻ JINSLARI - avval choʻkindi yoki magmatik jins si-fatida vujudga kelgan, lekin Yer qaʼrida chuqur flyuidlar, temperatura va bosim taʼsirida oʻzgargan (metamorfizm) yoki yer yuzasiga yaqin qatlamda ichiga kirib borgan intruziv massalar issigʻidan oʻzgarishga uchragan togʻ jinslari. Bunda jinslarning kimyoviy tarkibi deyarli oʻzgarmaydi. Choʻkindi va otqindi jinslar metamorfizmidan vujudga kelgan para-, va ortometamorfik jinslar farq qilinadi. Metamorfik togʻ JINSLARIj.dan slanets, gneys hamda marmar, kvarsitlar, rogoviklar koʻp tarqalgan. Metamorfik togʻ JINSLARIj. ning tarkibi fizik-mexanik xususiyatlari kabi har xil. Karbonatli Metamorfik togʻ JINSLARIj.dan marmar, kalsifirlar, kataklizitlar alohida oʻrin egallagan. Skarn, ohaktoshsilikatli jinslarning metamorfik oʻzgarishiga gidrotermal suyuqliklar sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Katta ahamiyatga ega boʻlgan temir, mis kabi rudali konlar skarn tipiga mansub. Regional metamorfiz-mda hosil boʻlgan Metamorfik togʻ JINSLARIj. kuchli bosim taʼsirida varaqsimon qatlamlashgan. Katta chuqurlikda vujudga kelgan eklogitlar granat-jodeit togʻ jinslaridan iborat. Loyqa jinslardan hosil boʻlgan fillitlar ostida xlorit, granatbiotitlar, slyudali slanetslar, undan pastrokda gneys va granulitlar joylashgan. Metamorfik togʻ JINSLARIj.ningaksariyati foydali qazilmalardir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil