Messina boʻgʻozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Messina boʻgʻoziOʻrta dengizdagi boʻgʻoz, Apennin yarim oroli bilan Sitsiliya oroli oraligʻida. Ioni dengizi bilan Tirren dengizini birlashtirib turadi. Uzunligi 40 km chamasida, kengligi 3,5—22 km. Eng sayoz joyining chuqurligi 115 m. Ssilla va Haribda girdoblari bor. Yirik portlari: Messina va Rejodikalabriya (Italiya).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil