Mesopotamiyada din
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. (2023-08) |
Mesapatamiyada din
Mamlakatda dehqonchilik xo‘jaligi rivoj topib, katta sun’iy sug‘orish tarmoqlariga ehtiyoj paydo bo‘lgach, dastlabki yirik sug‘orish inshootlari qurishga jazm etildi. Odamlar suvning ekinzorlarga hayot beruvchi va kishilarga rohat baxsh etuvchi hayotbaxsh kuch ekanligini anglay boshladilar. Shu tariqa hayrli va muruvvatli suv xudosi, odamlarga turli kasb-hunar, san’at va bilim o‘rgatgan donishmandlik xudosi - Enlil to‘g‘risidagi tasavvur yuzaga kеldi. Qadimgi shumeriylar suvni eng birinchi ilohiy kuch dеb bilganlar va ular tasavvurida hayot, avvalo, suvdan boshlangan. Tabiat ishlab chiqaruvchi kuchlarining qadimiy xudosi Tammuz suv xudosi hisoblanib, “haqiqiy suv osti o‘g‘li” dеb atalgan. Shuningdеk, xudo Enlilning o‘g‘li va timsoli Tammuzga e’tiqod ulug‘ suv xudosiga e’tiqod qilish bilan tеng hisoblangan. Suv girdobi xudosi Enlil baliq dumli yoki gardani baliqnikiga o‘xshash holda tasvirlangan momaqaldiroq bo‘lsa, Bobilning Marduk nomli hudosi afsonaviy ajdar, yarim ilon, yarim yirtqich qush qiyofasida tasvirlangan. Qadimgi shumeriylar osmon tangrisi Anuni bosh xudo dеb hisoblab, ularning tasavvurida, “xudolar podshosi va otasi” Anu osmonning eng yuqorisi - uchinchi qavatida makon topgan va o‘sha yerdagi taxtidan turib, butun olamni boshqargan. Butun dunyoni bosgan to‘fondan daxshatga tushgan barcha xudolar eng qudratli iloh-Anu oldiga yordam so‘rab kеladi. Qolgan xudolar orasida oy ma'budi Sin va uning o‘g‘li quyosh ma'budi Utu (Bobil xudosi Shamash) muhim o‘rin tutgan. Utu-Shamash ayni vaqtda quyoshni kuydiruvchi, bеhad issiqlikning hamda uning rohatbaxsh nurlarini o‘zida mujassam etgan. Tabiat, hayot va tug‘ilish ma’budasi Ishtar ham xudolar safidan o‘rin olgan. Ishtar “osmon va yerning porloq mash’ali”-Zuhro yulduzi sifatida tasavvur etilgan. Quyosh, oy va yulduzlarni ilohiylashtirish (yulduzlarga e’tiqod qilish) natijasida murakkab astrologik tizimlar, ya’ni biron-bir sayyora va yulduzning osmondagi vaziyatiga qarab, bo‘lajak ishlarni oldindan aytib berish tizimi paydo bo‘lgan. Shumer va Bobil kohinlari o‘z ibodatxonalarining baland minoralaridan turib quyosh, oy va yulduzlar harakatini kuzatganlar.