Merle Oberon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Merle Oberon
Tavalludi
Estelle Merle O'Brien Thompson

19-fevral 1911-yil
Vafoti 23-noyabr 1979-yil(1979-11-23)
(68 yoshda)
Kalifornia
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1928-1973
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari 2 nafar

Merle Oberon (qizlik familyasi: Estelle Merle O'Brayen Tompson; 1911-yil 19-fevral — 1979-yil 23-noyabr) Britaniyalik aktrisa[1] boʻlib, u oʻzining kino faoliyatini The Private Life of Henry VIII (1933) filmidagi Anne Boleyn rolida ingliz filmlarida boshlagan. The Scarlet Pimpernel (1934) filmidagi muvaffaqiyatidan soʻng u Semuel Goldwyn uchun filmlar suratga olishda Qoʻshma Shtatlarga sayohat qilgan. U Dark Angel (1935) filmidagi ijrosi uchun „Eng yaxshi ayol roli“ sifatida Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan. 1937-yildagi yoʻl-transport toʻqnashuvi uning faoliyatini tugatishi mumkin boʻlgan yuz jarohatlarini keltirib chiqargan, ammo u tuzalib, 1973-yilgacha kino va televideniyeda faol boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Merle Oberon 1936-yil

Oberon Angliyaga birinchi marta 1928-yilda 17 yoshida kelgan. Dastlab u Queenie OʻBrien nomi ostida klub styuardessasi boʻlib ishlagan va turli filmlarda kichik va nomaʼlum rollarni ijro etgan.

Rejissor Alexander Korda qiziqib, unga Merle Oberon nomi ostida Charles Laughton bilan birga The Private Life of Henry VIII (1933) filmidagi kichik, ammo koʻzga koʻringan Anne Boleyn rolini berganida, uning kino faoliyati katta sur’atda oʻsa boshlagan. Film katta muvaffaqiyatga erishgan va keyinchalik unga Leslie Howard bilan The Scarlet Pimpernel (1934) filmidagi Lady Blakeney kabi bosh rollar berildi.[2]

Lorens Olivier va Merle Oberon Wuthering Heightsda (1939)

U Kordaning 1937-yilda suratga olingan I, Claudius filmida Messalina rolini ijro etish uchun tanlangan edi, biroq uning avtohalokatdagi jarohatlari filmni tark ketishga olib kelgan. U mashhur boʻlgan Wuthering Heights filmida (Lorens Olivier bilan; 1939) Cathy rolida, A song to Remember (1945) filmida George Sand rolida va Desiree (1954) filmida imperator Josephine rolida paydo boʻlgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oberonning onasi, aslida uning buvisi boʻlgan Charlotte Selby 1937-yilda vafot etdi (Merlening biologik onasi Charlottening qizi Constanse edi, u Merle tugʻilganda 12 yoshda boʻlgan).

Radio chiqishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Dastur Epizod
1946 Screen Guild Players This Love of Ours
1946 Screen Guild Players Wuthering Heights[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Merle Oberon: Hollywood's Face of Mystery“. 2009-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may 2009-yil.
  2. Higham and Mosley 1983, P. 94.
  3. „Those Were the Days“. Nostalgia Digest. 42-jild, № 3. 2016-yil yoz. 34-bet. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)