Kontent qismiga oʻtish

Meral Okay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Meral Okay
Tavalludi
Meral Katı

20-sentyabr 1959-yil
Ankara, Turkey
Vafoti 9-aprel 2012-yil(2012-04-09)
(52 yoshda)
Istanbul, Turkey
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Actress, film producer and screenwriter
Turmush oʻrtogʻi Yaman Okay (m. 1984–1993; his death)

Meral Okay (Turkish pronunciation: [meˈɾal oˈkaj ], née Kati ; 1959-yil 20-sentyabrda tavallud topgan 2012-yil 9-aprelda esa vafot etgan) turkiyalik aktrisa, kino prodyuseri va senariy muallifi .

Hayotning boshlangʻich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Okay 1959-yil 20-sentyabrda Anqarad harbiy sudyasi Ata Kati va Turkanlarning ikkinchi farzandi boʻlib tugʻilgan. Bolaligida otasining ishlari sabab oilasi bilan Turkiyaga koʻchib oʻtadi. Anqarada oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng „Turk Grain Board“ davlat agentligida ish boshladi (turkcha: Toprak Mahsulleri Ofisi , TMO)[1][2].

1980-yilgi Turkiya davlat toʻntarishi davrida u Turkiya sotsialistik ishchilar partiyasi (TİP) aʼzosi va oʻz ish joyida kasaba uyushmasi matbuot kotibi boʻlgan[3].

1983-yilda Meral Kati Istanbulga koʻchib oʻtdi. Keyinchalik Meral „Iletişim“ nashriyot kompaniyasining tashkil etilishida oʻz hissasini qoʻshdi va " Playboy " jurnalining turkcha nashrini tayyorlagan jamoada boʻlgan[2].

1984-yilda sahna va kino aktyori Yaman Okayga turmushga chiqdi, u bilan Anqarada uchrashgan edilar. Erining kasbi uning kino olamiga kirib kelishiga yoʻl ochdi[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meral Okay turk filmlari va teleseriallaridagi juda yaxshi rollari bilan tanildi[4]. Shuningdek, u 1998-yildan 2001-yilgacha "Ikkinchi bahor" teleserialiga prodyuserlik qilgan[4]. Okay oʻzining soʻnggi loyihalaridan birida Usmonli sultoni Sulaymonning hayotiga asoslangan "Muhteşem yuzyyl " tarixiy serialining bosh senariy muallifi sifatida ham qatnashgan[4].

Oilaviy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning turmush oʻrtogʻi Yaman Okay 1993-yilda 41-yoshida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi[4]. 2011-yilning yoz oylarida Meral Okayga oʻpka saratoni tashxisi qoʻyilladi. 2012-yil 9-aprelda 52 yoshida kasallikning asoratlari sabab vafot etdi[4][5]. Bebek masjididagi diniy dafn marosimidan soʻng Zincirlikuyu qabristoniga erining qabri yoniga dafn qilindi[1][6].

Beynelmilel“ filmidagi roli uchun 2007-yilgi Xalqaro Adana Oltin Koʻza Film Festivalida „Eng yaxshi yordamchi aktrisa“ mukofotiga sazovor boʻldi.

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning mashhur asarlari[5]:

Aktrisa sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Eslatmalar
1992 Seni Seviyorum Rosa Film
2001 Yeditepe Istanbul TV seriallar
1998–2001 Ikkinchi bahor TV seriallar
2006 Beynelmilel Film
2009 Bir Bulut Olsam TV seriallar

Ssenariy muallifi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Eslatmalar
2001 Hechbiryerde Film
2001 Yeditepe Istanbul TV seriallar
2002-2004 Asmali Konak TV seriallar
2009 Bir Bulut Olsam TV seriallar
2011–2012 Muhteşem Yüzyıl TV seriallar

Boshqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Eslatmalar
1999 Propaganda Jamoat bilan aloqa
2000 Yarin Geç Olmayacak Ishlab chiqaruvchi
2004 Istanbul Shahidimdir Loyiha dizayneri
2005 Körfez Ateshi Loyiha maslahatchisi
2006 Beynelmilel Ishlab chiqarish koordinatori

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Koca, Fuat. „Meral Okay Son Yolculuğuna Uğurlandı“ (Turkish). TRT Haber (2012-yil 10-aprel). Qaraldi: 2012-yil 21-aprel. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "trt" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 2,2 „Meral Okay Biyografi“ (Turkish). Biyografi. Qaraldi: 2012-yil 22-aprel. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "b" defined multiple times with different content
  3. „12 Eylül'e şimdi de pavyondan bakıyor“ (Turkish). Radikal (2006-yil 30-dekabr). 2014-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Turkish scriptwriter, actress Meral Okay passes away“. Zaman (2012-yil 9-aprel). 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-aprel. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "zaman" defined multiple times with different content
  5. 5,0 5,1 „'Evet kanserim'“ (Turkish). NTV MSNBC (2011-yil 15-avgust). Qaraldi: 2012-yil 21-aprel. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "ntv" defined multiple times with different content
  6. „‘Adamların Adamı’nın yanına defnedilecek“ (Turkish). Milliyet (2012-yil 10-aprel). Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]