Menzula sʼyomkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Menzula sʼyomkasi - topografik sʼyomka turlaridan biri; menzula va kipregel yordamida bajarilib bevosita dalada chizib boriladi. Buning uchun dastlab sifatli chizma qogʻozga sʼyomka asosi nuqtalarining koordinatalari boʻyicha tushirilib, qogʻoz menzula taxtasiga mahkamlanadi. Keyin joyda bu nuqtalarda menzula ketma-ket oʻrnatilib, joy tafeilotlari va relyefi sʼyomka qilinadi. Planga tushiriladigan nuqtalar (obʼyektlar) gacha masofa va nisbiy balandliklar kipregel bilan oʻlchab aniqpanadi. Ular sʼyomka masshtabida qogʻozga (planga) oʻlchab tushiriladi. Shu joyni oʻzida relyef ham gorizontallar bilan tasvirlab boriladi. Menzula sʼyomkasi natijasi boʻlib maxsus shartli belgilar asosida qalamda chizilgan topografik planni asli xizmat qiladi. Menzula sʼyomkasi kichik maydonlarning yirik masshtabdagi sʼyomkasini bajarishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil