Menuxin Iyegudi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MENUXIN (Menuhin) Iyegudi (1916.22.4, Nyu-York - 1999, 11.3, Berlin) — amerikalik skripkachi, dirijyor, musiqa jamoat arbobi. 20-asr skripka ijrochiligining yirik namo-yandasi. YUNESKO qoshidagi Xalqaro musiqa kengashi (IMC) prezidenti (1971—75). 7 yoshidan konsert faoliyatini boshlagan. A. Bush va J. Eneskudgm taʼlim olgan. Gshtad (Shveysariya, 1957) va Bat (Angliya, 1958) musiqa festivallari, Stok-d’ Abernonda (Angliya, 1964) isteʼdodli bolalar uchun maxsus musika maktabi tashkilotchisi. Ijro uslubiga teran mazmundorlik, samimiylik, shuningdek, favqulodda kuychanlik va virtuoz mahorati xosdir. Repertuaridan klassitsizm va romantizm (I. S. Bax, G. Gendel, L. Betxoven, F. Mendelson, R. Shuman, P. Chaykovskiy va boshqalar) namunalari qatori 20-asr kompozitorlari (U. Uolton, B. Britten, J. Enesku, B. Bartok, B. Martinu, E. Blox, K. Xindemit, S. Prokofyev va boshqalar)ning asarlari oʻrin olgan. M. ijrolarida Sharq musika (jumladan, hind raga) anʼanalari ham oʻz ifodasini topgan: 1960 yildan boshlab M. Ravi Shankar bilan birgalikda oʻziga xos duet tarzida konsertlar bergan. Butun dunyo boʻylab, skripkachi hamda dirijyor si-fatida konsert bergan. Musiqa madaniyatiga qoʻshgan buyuk xizmatlari uchun Angliya lordi unvoniga sazovor boʻlgan (1993). M. nomidagi xalqaro musiqa jamgʻarmasi (1991 yildan Bryusselda), qator mamlakatlarda skripkachilar tanlovlari, iqtidorli yoshlar uchun mukofotlar, musiqa oʻquv yurtlari mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil