Menuet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Menuet (frans. menuet, menu pas — mayda qadam soʻzidan) — qad. fransuz xalq raqsi. 17-asrdan boshlab (Lyudovik XIV saroyida ) bal raqsi sifatida mashhur boʻlib, "qirollar raqsi" hamda "raqslarning qiroli" nomlariga sazovor boʻlgan. Tez orada butun Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Vazmin, xushmuomala harakatlardan iborat. Musiqa oʻlchovi 3/4. Keyinchalik kompozitorlik musiqa ijodida rivoj topib, opera va balet (ilk namunalari — J. B. Lyulli), kamer-cholgʻu musiqa janrlari — syuita (Paxelbel, I. S Bax, G. Gendel), sonata (I. Gaydn, V. Motsart) hamda simfoniya (Mangeym maktabi, I. Gaydn)ga kiritilgan. Shuningdek, J. Vize, P. Chaykovskiy, K. Debyussi, M. Ravel, B. Bartok, S. Prokofyev, I. Stravinskiy, A. Shyonberglarning turlicha M.lari mashxur.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil