Mentha suaveolens

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olma yalpiz
Ilmiy tasniflash
O‘simliklar
Yuksak oʻsimliklar
Gulli oʻsimliklar
Ikki urugʻpallalilar
Asterids
Lamiales
Yalpizdoshlar
Mentha
M. suaveolens
Binar nomi
Mentha suaveolens

Fayl:Pineapple Mint.JPG
Olma yalpitining bir varianti, ananas yalpizi barglarida oq rang-baranglikni koʻrsatadi, Pirs okrugi, Vashington

Mentha suaveolens, olma yalpizi, ananas yalpizi, junli yalpiz yoki dumaloq bargli yalpiz (sinonimlari M. rotundifolia, Mentha macrostachya, Mentha insularis)[1], yalpizdoshlar oilasiga mansub gulli oʻsimlik. Uning vatani janubiy va gʻarbiy Yevropa, Oʻrta yer dengizi mintaqasi. Bu tur koʻpincha oshpazlikda ziravor sifatida ishlatish yoki yer qoplamasi hosil qilish uchun oʻstiriladigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olma yalpizining bo‘yi 40 to 100 centimetr (16 to 39 in)gacha o‘sadi. Barglari och yashil rangda, qarama-qarshi joylashgan, cho‘zinchoq va deyarli tuxumsimon barglari uzunligi 3 to 5 cm (1.2 to 2.0 in) kengligi 2 to 4 cm (0.8 to 1.6 in). Ularning tepasi biroz tukli, pastki qismi esa tishli qirrali. Gullar uzunligi 4 to 9 cm (1.6 to 3.5 in) boʻlgan boshoqlarda rivojlanadi. Olma yalpizi yozning oʻrtalarida va oxirlarida gullaydi[2].

Tarqaish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olma yalpizining vatani janubiy va gʻarbiy Yevropa boʻlib, Yevropaning markaziy va shimoliy qismlarida tabiiylashtirilgan. U nam va soya joylarda o‘sadi[3].

Oʻstirish va foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jozibali oʻt, olma yalpizi koʻpincha dekorativ oʻsimlik sifatida ishlatiladi. U bardoshli va oʻsishi oson, yengil soyali sharoitlarni afzal koʻradi. Ushbu oʻsimlikning barglari olma yalpiz jelesini tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin, shuningdek, olma yalpiz kuskus kabi taomlarga aromatizator sifatida qo‘shiladi. Bundan tashqari, koʻpincha yalpiz choyi tayyorlash, garnitür va salatlarda ishlatiladi[4].

Ananas yalpizi (Mentha suaveolens 'Variegataʼ) barglari oq rang bilan oʻralgan olma yalpizining navi. Undan olingan gibrid greyfurt yalpizi deb ataladi(Mentha suaveolens × piperata).

Olma yalpizi ming yillar davomida dunyoning koʻplab mintaqalarida, jumladan Afrika, Yevropa, Osiyo va Amerikada tibbiy maqsadlarda ishlatilgan. 

Olma yalpizi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Quattrocchi, Umberto. CRC World dictionary of plant names: Common names, Scientific Names, Eponyms, Sonyonyms, and Etymology. CRC Press, 1999 — 1659 bet. 
  2. Mentha suaveolens (apple mint)“. Kew Royal Botanic Gardens. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-dekabr.
  3. Mentha suaveolens (apple mint)“. Kew Royal Botanic Gardens. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-dekabr. Mentha suaveolens (apple mint)“. Kew Royal Botanic Gardens. Archived from the original on 2013-12-13. Retrieved 2013-12-10.
  4. Mentha suaveolens. Plants for a Future. Qaraldi: 2013-yil 10-dekabr.