Kontent qismiga oʻtish

Menouf

Menouf

منوف
Shahar
30°28′0″N 30°56′0″E / 30.46667°N 30.93333°E / 30.46667; 30.93333
Mamlakat Misr
Markaz Manuf
Maydon 17.40 km2 (6.72 kv mi)
Markazi balandligi 20 m
Aholisi
 (2021)
125 707
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Menouf xaritada

Manuf – (arabcha: منوف‎‎, qibtiycha: ⲡⲁⲛⲟⲩϥ[1]) — Misrning Nil deltasida, Monufiya muhafazasida joylashgan shahar. Shahar maydoni 18.76 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Manuf shahri oʻzi joylashgan Monufiya muhafazasiga nom bergan va 1826-yilgacha ushbu muhafazaning poytaxti boʻlib xizmat qilgan. Shahar muhafazadagi qadimdan buyon odamlar uzluksiz yashab kelayotgan qadimgi Misr shaharlaridan biri.

Ilgari Manuf Minuf al-Ulya (arabcha: منوف العليا‎‎ — „Yuqori Manuf“)[2] deb atalgan, bu nom qibtiy tilidagi qibtiycha: ⲡⲁⲛⲟⲩϥ ⲣⲏⲥ („Janubiy Panuf“) soʻzidan kelib chiqqan. „Yuqori“ iborasi bu oʻrinda Nil daryosi oqimiga nisbatan yuqorida (janubda) joylashganini anglatgan va uni Minuf as-Sufli (arabcha: منوف السفلي‎‎ — „Quyi Manuf“, hozirgi Mahallat Manuf) shahridan ajratib turish uchun qoʻllanilgan[3].

Qibtiy tilidagi *Panuf* nomi oʻz navbatida qadimgi misr tilidagi misrcha: pꜣ-jw-nfr („Yaxshi orol“) iborasidan kelib chiqqan. Shaharning yunoncha nomi *Onouphis Ano* (qadimgi yunoncha: Ὀνουφις) ham aynan ushbu misrcha nomdan olingan[3].

Panouf IV asr oʻrtalariga kelib yepiskoplik markaziga aylangan, buni 362-yilda Aleksandriya sinodida Onufis yepiskopi Adelfisning ishtirok etgani tasdiqlaydi.

Imperator Fokaga sodiq boʻlgan „Koʻklar“ (Bizans imperiyasidagi siyosiy va sport guruhi) uchun shahar muhim markaz vazifasini oʻtagan. Generallar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarda shahar qisqa muddat ichida bosib olingan[4].

XIX asrga kelib shahar inqirozga uchraydi. Unda bogʻlar boʻlmagan, koʻchalari tor hamda kir edi, uylari esa kichik va sifatsiz qurilgan edi[5].

Taniqli shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Misrlik Iosif — Aleksandriya kopt pravoslav cherkovining 52-patriarxi.
  1. ↑ „About Menouf“. monofeya.gov. 22-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2018-yil.
  2. ↑ Stewart, Randall „Minuf Al-'Ulyah“. Claremont Colleges Digital Library. Qaraldi: 10-iyul 2020-yil.
  3. 1 2 Peust, Carsten „Die Toponyme vorarabischen Ursprungs im modernen Ägypten“.
  4. ↑ Howard-Johnston, James. The Last Great War of Antiquity. Oxford University Press, 2021 — 38–58-bet. ISBN 978-0-19-883019-1. 
  5. ↑ Mitchell, John Kearsley. On the Cryptogamous Origin of Malarious and Epidemic Fevers (en). Lea and Blanchard, 1849.