Menopauza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klimakterik deb ham ataladigan menopauza garmoni, ayollar hayotida hayz ko'rish butunlay to'xtab, farzand ko'rishga qodir bo'lmagan vaqtdir. [1] [2] Menopauza garmoni odatda 47 yoshdan 54 yoshgacha ishlab chiqiladi. [3] Mutaxassislar menopauzani ayolda bir yil davomida hayz ko'rishdan qolishi deb ta'riflaydi. [4] Bundan tashqari, tuxumdonlar tomonidan gormon ishlab chiqarishning kamayishi bilan ham sodir mumkin. [5]

Menopauzadan oldin ayolning hayz ko'rishi odatda tartibsiz bo'lib qoladi, [6] [7], ya'ni hayz muddati uzoqroq yoki qisqaroq yoki oqim miqdori bo'yicha yengilroq yoki og'irroq bo'lishi mumkin. [6] Bu vaqt ichida ayollar ko'pincha issiq chaqnashlar(asosan yoshi katta ayollarda uchrovchi eti to'satdan junjikib isib ketishi)ga duch kelishadi; Bu holat odatda 30 soniyadan o'n daqiqagacha davom etadi va titroq, terlash va terining qizarishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. [6] Issiq chaqnashlar [6] to'rt yildan besh yilgacha davom etishi mumkin. [2] Boshqa alomatlarga vaginal quruqlik, uyqu buzilishi va kayfiyat o'zgarishi kiradi. [6] Semptomlarning yengil yoki og'irligi ayollarda farq qiladi. [2] 45 yoshgacha bo'lgan menopauza "erta menopauza" deb hisoblanadi va tuxumdon etishmovchiligi / tuxumdonlarni jarrohlik yo'li bilan olib tashlash 40 yoshdan oldin sodir bo'lsa, bu "erta tuxumdon etishmovchiligi" deb ataladi. [8]

Bu semptomlardan tashqari (issiq qizarish, tunda terlash, kayfiyatning o'zgarishi, artralgiya va vaginal quruqlik) menopauzaning jismoniy oqibatlari suyaklarning yo'qolishi, qorin bo'shlig'ida markaziy yog'ning ko'payishi va ayolning xolesterin profili va qon tomirlari faoliyatidagi salbiy o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. [8] Ushbu o'zgarishlar postmenopozal ayollarda osteoporoz (suyaklarning mo'rtlashishi)va suyak sinishi, yurak-metabolik kasalliklar (qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklari) xavfini oshiradi. [8]

Menopauza tabiiy o'zgarish. [9] Bu tamaki chekadiganlarda erta paydo bo'lishi mumkin. [4] [10] Boshqa sabablar orasida ikkala tuxumdonni olib tashlaydigan jarrohlik yoki kimyoterapiyaning ayrim turlari ham kiradi [11] . [4] Fiziologik darajada menopauza tuxumdonlarda estrogen va progesteron gormonlarini ishlab chiqarishning pasayishi tufayli sodir bo'ladi. [1] Odatda kerak bo'lmasa ham, menopauza tashxisini qon yoki siydikdagi gormonlar darajasini o'lchash orqali tasdiqlash mumkin. [12] Menopauza – bu hayz ko'rishning teskarisi, qizlarning hayz ko'rishining boshlanishi. [13]

  1. 1,0 1,1 „Menopause“. Office on Women's Health (22-fevral 2021-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "NIH2013Def" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 2,2 „Menopause: Overview“. National Library of Medicine - Bookshelf. Institute for Quality & Efficiency in Health Care (2-iyul 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "PubMed2013" defined multiple times with different content
  3. "Menopause". The Medical Clinics of North America 99 (3): 521–534. May 2015. doi:10.1016/j.mcna.2015.01.006. PMID 25841598. 
  4. 4,0 4,1 4,2 „Menopause Basics“. Office on Women's Health (22-fevral 2021-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "NIH2013Con" defined multiple times with different content
  5. Menopause: a biocultural perspective, [Online-Ausg.], New Brunswick, N.J.: Rutgers University Press, 2006 — 81 bet. ISBN 9780813538563. 
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 „Menopause Symptoms and Relief“. Office on Women's Health (22-fevral 2021-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil.
  7. „What Is Menopause?“. National Institute on Aging (30-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil.
  8. 8,0 8,1 8,2 "Menopause". Nature Reviews. Disease Primers 1 (1): 15004. April 2015. doi:10.1038/nrdp.2015.4. PMID 27188659.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "auto1" defined multiple times with different content
  9. „Menopause Baics“. Office on Women's Health (22-fevral 2021-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil.
  10. The menopausal transition: interface between gynecology and psychiatry, [Online-Ausg.], Basel: Karger, 2009 — 73 bet. ISBN 978-3805591010. 
  11. „Menopause & Chemotherapy - Managing Side Effects - Chemocare“. chemocare.com. Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil.
  12. „How do health care providers diagnose menopause?“. Eunice Kennedy Shriver National Institute of Child Health and Human Development (6-may 2013-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2015-yil.
  13. 9“,Dynamics of Human Reproduction: Biology, Biometry, Demography. Transaction Publishers — 401 bet. ISBN 9780202365701.