Meniki boʻlsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Meniki boʻlsa“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2014
Yozib olingan 2014
Janr pop-rok
Davomiyligi 3:48
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov

Meniki boʻlsa“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2014-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak]. Qoʻshiq tonalligi — re-minor[1].

2021-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Meniki boʻlsa“ qoʻshigʻini guruhning 2014-yilga qadar eʼlon qilingan yetti qoʻshigʻidan iborat „19-albom“ nomli albomiga yettinchi va yakuniy trek oʻlaroq kiritgan[2], ammo bu taronalar 2014-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 15-sentyabr 2022-yil.
  2. „"Болалар" гуруҳининг 19 чи оригинал альбоми“. YouTube (19-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 15-sentyabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]